Yamal: "Muxlislarning "Kamp Nou"da qo'llab-quvvatlashi jamoa uchun muhim omil bo'ladi"
21 noy 2025 19:50
Yangiliklar
Yamal: "Muxlislarning "Kamp Nou"da qo'llab-quvvatlashi jamoa uchun muhim omil bo'ladi"
"Barselona" vingeri Lamin Yamal jamoani uy stadionida qo'llab-quvvatlash muhimligini takidladi.
"Muxlislar muhim rol o'ynaydi. Yaqingacha bizniki bo'lmagan maydonda to'p tepib keldik. "Monjuik" yaxshi edi, lekin bu biz kutgan narsa emas. Muxlislarning "Kamp Nou"da qo'llab-quvvatlashi jamoa uchun muhim omil bo'ladi va bizga mavsumning qolgan qismida kuch beradi", – dedi futbolchi.
Yamalning "Barselona" bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Yamalning transfer qiymati 200 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" – "Atletik" uchrashuvi ertaga "Kamp Nou"da o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar
Boshqa kamentda biz zormiz begona temada sharx qmemz degan sulolang koʻrdimi seni qotoq izlab keganingdi a