"Barselona" "Kamp Nou"dagi ochilish o'yini uchun syurpriz tayyorlab qo'yilganini malum qildi
19 noy 2025 23:50
Yangiliklar
"Barselona" "Kamp Nou"dagi ochilish o'yini uchun syurpriz tayyorlab qo'yilganini malum qildi
"Barselona" matbuot xizmati "Kamp Nou"dagi qayta ochilishdan keyingi birinchi o'yinni boshlab beruvchi ramziy zarba paytida kutilmagan syurpriz bo'lishini malum qildi. Uchrashuv 22 noyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi. Kataloniya klubi Bilbaoning "Atletik" jamoasini qabul qiladi.
"Ramziy zarba o'zgacha bo'ladi... Ammo buni syurpriz sifatida saqlab qolamiz," - deyiladi ko'k-qizillarning X ijtimoiy tarmog'idagi xabarida.
Eslatib o'tamiz, iyun oyi oxirida "Barselona" o'zining jonajon stadioniga 2025 yilning 10 avgustida qaytishini rasman elon qilgan edi. "Kamp Nou" 2023 yilning yozida qayta qurish uchun yopilgan edi. Biroq joriy mavsum boshida Kataloniya klubi sport arenasidan foydalanish uchun ruxsatnoma ololmaganligi sababli uy o'yinlarini "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida o'tkazishga majbur bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar