Yumtiti ikki haftadan so'ng mashg'ulotlarni boshlaydi

6 yanv 2019, 07:24
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoasi himoyachisi Samuel Yumtitining tiklanish jarayoni haqida gapirdi.

“O'ylashimcha, ikki haftalardan keyin Yumtiti jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlashi mumkin bo'ladi. Uning hozirgi holatidan xabardorman. Futbolchi maydonga qaytishni juda ham istayapti. Biz ham uning to'liq kuch bilan safga qaytishi uchun qancha vaqt kerak bo'lsa, shuncha kutishga tayyormiz”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchi salkam ikki oy oldin tizzasidan jarohat olib, safdan chiqqandi. 24 noyabr kuni Ispaniya chempionatida “Atletiko”ga (1:1) qarshi bahsda u 90 daqiqa maydonda harakat qilsada, oradan bir necha kun o'tib francuz futbolchisi yana oyog'ida og'riqni his qilgandi. Shundan buyon Samuel jarohatini davolash bilan band.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo