So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  0 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

"Yubiley". CHeran Arturning rekordiga yaqinlashdi Yangiliklar

"Yubiley". CHeran Arturning rekordiga yaqinlashdi

Coca-Cola Superliga 4-turining markaziy uchrashuvi ortda qoldi. O'yin taqdirini Dragan CHeranning goli hal qildi (yana!) .



Etiborli jihati, bu serbiyalik futbolchi uchun O'zbekiston Superligasidagi roppa-rosa 100-gol hisoblanadi. U chempionatimiz tarixida mazkur dovonni zabt etgan 2-legionerga aylandi.

Bunga qadar yuzlik dovondan oshish baxti xorijliklardan faqatgina Artur Gevorkyanga nasib qilgan edi. 2007-2018 yillarda "SHo'rtan", "Paxtakor", "Nasaf" va "Qizilqum" jamoalari  sharafini himoya qilgan turkmanistonlik yarim himoyachining hisobida 105 ta gol bor.

Malumot uchun, Draganning O'zbekistondagi faoliyati 2016 yilning yozida "Nasaf" tarkibida boshlangan edi. Qarshidagi 2 yillik faoliyati davomida raqiblari darvozasini 34 bor ishg'ol qilgan CHeran 2018 yilgi mavsumning 1-davrasidan keyin "Paxtakor"ga ko'chib o'tgan edi. 

Uning hisobida 15 dubl, 5 ta xet-trik bor. SHuningdek, Dragan bugun "Navbahor" darvozasiga o'zining 10-golini urganini ham alohida takidlash kerak. 

Fakt: Dragan Superliga doirasida to'qnash kelgan 19 raqibining golkiperlarini ranjitgan. Serbiyalik futbolchi faqatgina "Olimpik" darvozasini ishg'ol qila olmadi. Uning zarbalaridan eng ko'p Buxoro viloyatining bosh jamoasi aziyat chekkan. Keyingi o'rinlarda esa...

"Buxoro" 12
"Navbahor"10
"Lokomotiv" 9
"Metallurg" 9
"Qizilqum" 8
"Andijon"  6
"Mashal" 5
"Bunyodkor" 5
"Qo'qon-1912" 5
"Surxon" 5
"So'g'diyona" 4
"Obod" 3
"Paxtakor" 3
"Neftchi" 4
AGMK 3
"Nasaf" 3
"SHo'rtan" 2
"Turon" 2
"Dinamo" 2
"Olimpik" 0


Darvoqe, Yusupov darvozasiga urilgan gol CHeran uchun "Paxtakor" libosidagi 66-si hisoblanadi. SHu tariqa u Aleksandr Geynrix va Igor SHkviringa etib oldi. "Paxtakor" tarixida faqatgina Igor Sergeev, Anvar Soliev hamda Zayniddin Tojiev O'zbekiston chempionatida Dragandan ko'proq to'p kiritishgan.

Xullas, Dragan CHeran bugun Superligadagi 143-o'yinida yuzlik dovonga etdi. U yana 6 goldan keyin O'zbekiston chempionatlari tarixidagi eng sermahsul chet ellik futbolchiga aylanishi mumkin. Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" vakili o'tgan yilning may oyida "Gennadiy Krasnickiy to'purarlar klubi"ga ham kirishni uddalagan edi.

O'limga o'xshaydi...

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика