So’nggi yangiliklar

18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  3 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 18:20Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  5 17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  3 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:3 (матнли трансляция)  16 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  2 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  18 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4

Yozgi transfer bozorini larzaga keltirayotgan "Qizilqum" Yangiliklar

Yozgi transfer bozorini larzaga keltirayotgan "Qizilqum"

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi yozgi transfer bozorida tarkibni kuchaytirish ishlariga jiddiy kirishgan.

Saytimiz manbalariga ko'ra, "Qizilqum" klubi rahbariyati selekciya ishlari bilan mashg'ul. Ayni paytda "Lokomotiv" qarorgohini kecha tark etgan Ignatiy Nesterov va Oybek Qilichev keyingi faoliyatini "Qizilqum" bilan bog'lash arafasida.

Kecha xabar berganimizdek, "Qizilqum" AGMKning sobiq himoyachisi Vladislav Kasminindan tashqari "Surxon"ning qator futbolchilariga ham qiziqish bildirmoqda.

Xususan qanot vingeri, huquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan Husniddin G'ofurov, markaziy himoyachi Darko Stanoevich va hujumchi Aleksandr Kasyan "Qizilqum" jamoasi qiziqishlari doirasida. Ayni paytda klub mazkur futbolchilar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Menejer Hamidjon Aktamov qisqa fursatdagi tanaffusdan keyin "Qizilqum" boshqaruviga qaytishini katta transferlar orqali amalga oshirishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari ham klub jamoaga yana mahoratli futbolchilarni taklif etishni mo'ljallagan.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" joriy mavsum Superligada 9-turdan keyin umuman g'alaba qozonmagan va 2 durang evaziga qo'lga kiritilgan 2 ochko bilan jadvalda 13-o'rinni mustahkam turibdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика