So’nggi yangiliklar

15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  0 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  3 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  2 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  4 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  7 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  4 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  20 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  8 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  19 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6

Yozda "Real" hujumchi sotib oladi yoxud jamoaga mos tushadigan 7 top-goleador Yangiliklar

Yozda "Real" hujumchi sotib oladi yoxud jamoaga mos tushadigan 7 top-goleador

Teglar :  Real
"Real" yozda bir necha poziciyalarda o'zgarishlar qilishi aniq.

Jumladan hujum chizig'ida ham. Bu mavsumda "qirollik klubi"da bir necha poziciyalarda kamchiliklar borligi ko'rinib qoldi.

Krishtianu Ronaldu 33 yoshga kirdi. Zinedin Zidan esa uni asramoqda. Albatta, uning o'rnida yoki u bilan elkama-elka o'ynaydigan futbolchi kerak. Hozir biz sizlar bilan shu haqda to'xtalamiz.

7. CHIRO IMMOBILE (Lacio)

"Lacio" hujumchisi bu mavsumda juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Kuchli va aniq zarba sohibi darvoza oldiga kelganida dovdirab qolmaydi.

A Seriyadagi 31 uchrashuvda u 29 gol kiritdi va 9 bora golga assistentlik qildi. U zarbalarining 60 foizini golga aylantirmoqda. "Real" italiyalik futbolchini qo'lga kiritadigan bo'lsa, u bilan bemalol rivojlanishning yangi bosqichiga chiqa olishlari mumkin.

Immobile - «Lacio» rekordchisi

U ham xuddi Ronaldu kabi chiroyli paslarni golga aylantira oladi va o'zi havfli vaziyatlar yaratadi. SHuningdek, qarshi hujumlarda ham yaxshi harakat qiladi.

6. EDEN AZAR (CHelsi)

Agarda Azar to'liq kuch bilan o'ynasa, u dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'la oladi. Belgiyalik futbolchida yuqori texnika va to'pni ushlab turish borasida iqtidor bor. Jarima maydonchasi ichida u ham yaxshi o'yin ko'rsatadi.

Biroq u ayrim muammolari sababli barqarorligini yo'qotib qo'ygandek. Ammo buni hal etsa bo'ladi. Yoki bunga Antonio Konte sababchi, yoki boshqa qandaydir ziddiyatlar sabab.

Azar bu mavsum APLdagi 30 uchrashuvida 12 gol kiritdi. U shuningdek, 77 bora golga tortadigan vaziyat yaratib berdi. Gol urishdan tashqari, sheriklarining uradigan gollarida ham faol. "Real" uni o'z safiga jalb qilsa hech nimadan yutqazmasa kerak. Azar "qirollik klubi"ni kuchaytira oladi.

“CHelsi” Eden Azarning narxini malum qildi

Azar Ronaldu va Morata bilan sherik bo'la olishi va Garet Beylning o'rnini bosishi mumkin.

5. ANTUAN GRIZMANN (Atletiko)

Ispaniya LaLigasida uch etakchi jamoaning bittadan eng yaxshi futbolchilari bor. "Real"da Ronaldu, "Barsa"da Messi bo'lsa, "Atletiko"da Grizmann. U bir necha yillardan buyon yaxshi futbolchiligini isbotlab kelmoqda. U jismonan kuchli, yuqori dribling egasi va chiroyli zarba bera oladi.

Franciyalik futbolchi hujumning istalgan nuqtasida harakat qiladi. Bu mavsumda u jamoasining Evropa ligasi yarim finaliga etib kelishida o'zining katta hissasini qo'shdi.

"Atletiko" Grizmanning tovon pulini ko'tarmoqchi

Ligada Grizmann 19 gol kiritdi va 8 bora assistentlik qildi. O'yindan o'yinga chiroyli harakat qilmoqda. Uning harakatlarini oldindan bilib bo'lmaydi.

4. ROBERT LEVANDOVSKI (Bavariya)

Har kuni Robert Levandovski borasida mish-mishlar ko'paymoqda. Uning o'zi ham "Real"ga o'tishi borasidagi xabarni rad etmayapti. Biroq o'tishiga ham ishora qilmayapti.

U tezkor o'ynaydi, kuch va bo'y borasidagi natijalar ham yaxshi. Uzoq masofalardan gollar kirita oladi. U dunyoning top-hujumchilaridan, shu boisdan Robert raqib jarima maydonchasi ichida dovdirab qolmaydi. U bu mavsumda Bundesligada 28 o'yinda 28 gol kirita oldi.
"Real" Karim Benzemani o'z vataniga jo'natib yuborib, o'ziga Levandovskini olib kelsa bo'ladi. Robert jamoaning g'alabalarida katta hissa qo'sha olardi. Biroq "Real"ning oldida variantlar juda ko'p.

Serxio Ramos: "Levandovski "Real"ga o'tadi"

"Real" shunday klubki, u erda faqatgina top-futbolchilar harakat qilishadi.

3. XARRI KEYN

Keyn bu mavsumning kichik qismini jarohati sababli o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, gol uradigan hususiyatini yo'qotmadi.

Uni mavsumda to'xtatib qolishning iloji bo'lmayapti. Ammo u uchrashuvlarda juda yaxshi harakat qiladi va bemalol bir ikki futbolchini aldab o'ta oladi. SHeriklari bilan yaxshi chiqishadi va ularga qo'lidan kelganicha yordam beradi.

U raqiblarini qo'rqita oladi, to'pni o'zida yaxshi ushlab tura oladi. SHu boisdan Keyn barchaning ishonchini qozongan. Xarrida yuqori bosimni engib o'ta oladigan hususiyati bor va u shu orqali "Real"dagi bosimdan bardosh bilan o'tadi.

"Real" Neymarning o'rniga 4 nafar futbolchini ko'rib chiqmoqda

Keyn bu mavsum APLning 33 uchrashuvida 25 gol kiritdi.

2. MUHAMMAD SALOH (Liverpul)

Albatta, bu mavsumning eng katta va yorqin syurprizi. Saloh oz fursatdayoq jamoaning etakchisiga aylanib oldi va yuqori saviyali futbolchi ekanligini ko'rsatdi.

Saloh "Liverpul"dagi ilk mavsumida bir necha rekordlardan o'zib ketishni uddaladi. CHapaqay futbolchi o'ng qanotda chiroyli o'yin namoyish etmoqda. Saloh gollar urishdan tashqari, assistent bo'lishda ham faol bo'lmoqda.

"Real" Salohga taklif bilan chiqmagan ekan

Aslida uning o'yinlari borasida ko'p ham to'xtalib o'tish shart emas. Saloh shunchaki dahshatli o'yin ko'rsatmoqda va "Oltin to'p"ga davogarlik qilmoqda.

1. NEYMAR (PSJ)

"Real" bir necha oydan buyon Neymarni sotib olishni istayotgani borasida xabarlar tarqamoqda.

Albatta, Ronalduning o'rnini bosa oladigan futbolchini tezroq topish kerak. Biroq bu ishda shoshma-shosharlik qilish to'g'ri kelmaydi. Neymar - "Real"ga mos tushadigan futbolchi. Biroq u qancha summa evaziga PSJga o'tganini bilasiz. Parijliklar Neymarni 222 mln evrodan kamiga sotmasligi aniq.

Neymar bu mavsum "Liga 1"da 20 uchrashuvda qatnashdi va 20ta gol kiritdi. U har doim chiroyli o'ynaydi, biz buni juda ko'p ko'rganmiz. SHu boisdan u "Real"ga juda mos futbolchi.

Rivaldo: Neymar PSJdan ketishi shart. U “Real”da dunyoning eng yaxshi o'yinchisiga aylanadi

Ko'ramiz, "Real" yozda qaysi futbolchini sotib olarkin...

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика