So’nggi yangiliklar

07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  1 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  2 00:16Оскар футболчилик фаолиятини якунлади  3 23:53Флик: "Рэшфорд захирада қолдими, демак, таркибда энг яхшилар ўйнамоқда"  2 23:32"Алавес"га қарши ўйин олдидан "Реал"да муаммолар кўп  5 23:10Салоҳ қайтди!  9 22:46"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  2 22:15"Бунёдкор" янги мавсум олдидан икки легионер олиши мумкин  0 21:54Пол Мерсон: "У ҳужумда ўйнар экан, "Арсенал" чемпион бўлмайди"  4 21:35"Бунёдкор" Абдусаломов билан шартномани узайтирди  0 21:21Арне Слот: "Салоҳнинг "Интер" билан ўйинда бўлмаслигини мен истадим"  11 20:55Ханс-Дитер Флик: "Реал" ҳақида гапиришни истамайман"  5 20:35Дитмар Хаманн: "Алонсонинг салоҳиятини йўқотиш учун 5-6 ойнинг ўзи етарли бўлди"  3

Yoz va uning kutilmagan qahramonlari Yangiliklar

Yoz va uning kutilmagan qahramonlari

Italiya futboli qaytmoqda.

Yozning jazirama bir yarim oyida A Seriyaning 12 turi va Kubokning 2 raundi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Dam olish va keyingi o'yinga tayyorgarlik uchun taxminan 80 soat beriladi. Ularning ketidan darrov evrokuboklar boshlanadi va juda og'ir grafik yana uch haftalarga cho'ziladi (hamma francuzlarning ustidan kulgandi, shoshilib qaror chiqarildi deb, ammo ular qaysidir tomondan ustunlikka ega bo'lib chiqyaptilar – ECHL pley-offida faqat shu mamlakat jamoalari kuchga to'la va charchoq nimaligini bilmagan holda maydonga tushadilar).

Bu vaziyatda shunchaki futbolchi almashtirish bilan ham natijaga erishish mushkul vazifa. Jarohatlar hattoki ikkita tarkibi bor jamoalarni ham mushkul axvolga solib qo'yadi. SHuning uchun ham tarixda ilk bor birinchi planga universal futbolchilar chiqadi. Bunday o'yinchilarni odatda qadriga etishmasdi, ular maydondagi malum bir nuqtaning to'laqonli egasi emas edi. Biroq hozirgi vaziyatda bunday futbolchilar suv va havodek zarur. Universallik bugungi davrda muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. 

"Yuve" misol uchun 56 kun davomida 14-15 ta o'yin o'tkazadi, agar omadi kelib qolsa – 78 kun davomida 20 o'yin. Asosiy tarkibda 22 futbolchi bor, ularning 10 nafari o'ttizdan oshgan, deyarli hamma futbolchi bir-ikki poziciyada o'ynay oladi. Avgustgacha omon qolish uchun rotaciyaga murojaat qilish zarur, turinliklarning doimiy jarohatlari bilan iyul oyini o'rtalariga borib, tarkibning yarmi uchun o'rinbosar qolmaydi.

SHunday ekan Sarri o'zi yugurib-elib Bernardeskining yarasiga malham qo'ysa ajablanmang. U hozirgi "Yuve"da bir o'zi olti xil rolda maydonga tusha oladigan yagona futbolchi (yarim himoyachi, trekvartista, har ikki qanot vingeri, ikkinchi forvard va aldamchi to'qqizlik), amalda himoya qanotini ham yopadi (Bernardeski lateral sifatida ham o'ynagan va ko'pchilik u Zambrotta darajasida o'ynay olishini takidlamoqda) va har ikki taktik sxemada ham juda qimmatli kadrga aylanmoqda – 4-3-3 va 4-3-1-2. Agar Federiko hozir o'zini ko'rsatib, hech qanday shubhasiz asosiy tarkib futbolchisi bo'lib olmasa, yaxshisi boshqa klubga ketgani maqul. Bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика