Lempard ketma-ket ikkinchi oy eng yaxshisi bo'ldi
13 dek 2025 01:50
Yangiliklar
Lempard ketma-ket ikkinchi oy eng yaxshisi bo'ldi
"Koventri" bosh murabbiyi Frenk Lempard Chempionshipda noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'ldi.
47 yoshli murabbiy ketma-ket ikkinchi marta ushbu etirofga loyiq ko'rildi. Bunga qadar u oktyabr oyida ham eng yaxshi murabbiy bo'lgandi.
"Koventri" o'tgan oyda 5 o'yinda 5 g'alaba qayd etdi. Jamoa "Sheffild" (3:1), "Stok Siti" (1:0), "Vest Bromvich" (3:2), "Midlsbro" (4:2) va "Charlton" (3:1) ustidan g'alabalar qayd etdi.
Lempard 2024 yil noyabrida ushbu jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi. Ayni damda uning jamoasi 20 turda 44 ochko to'plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar