Xoland: "Menimcha, davlat madhiyasini kuylaganimda yig'lasam kerak"
12 dek 2025 10:18
Yangiliklar
Xoland: "Menimcha, davlat madhiyasini kuylaganimda yig'lasam kerak"
"Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland kelasi yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.
"Bu mening birinchi Jahon chempionatim bo'ladi va bu ajoyib. Otam [Alf-Inge Haaland] 1994 yilda Qo'shma Shtatlarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida o'ynagan. Shunday ekan, Qo'shma Shtatlarga borib, jahon chempionatida o'ynash uchun chindan ham o'zgacha his tuyg'u. Bu ajoyib bo'ladi. Menimcha, davlat madhiyasini kuylaganimda yig'lasam kerak.
Norvegiya guruhdagi sakkizta o'yinning barchasida g'alaba qozondi va to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Xoland Evropa saralash bosqichida 16 ta gol bilan eng ko'p to'purar bo'ldi.
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Norvegiya Franciya, Senegal va qitalararo pley-off orqali turnirga yo'llanma olgan jamoa bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar