So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  34 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Yovan Jokich: "AGMK bilan tarix yarayotganimizdan xursandman" Yangiliklar

Yovan Jokich: "AGMK bilan tarix yarayotganimizdan xursandman"

Teglar :  Yovan JokichAGMK
AGMK tarixidagi muvaffaqiyatli mavsumga aylanayotgan joriy yil yakunlanishiga oz fursat qoldi.

CHempionat tugashiga bir tur qolganda jamoa Superliga bronza medallarini qo'lga kiritdi. SHu munosabat bilan olmaliqliklarnig serbiyalik legioneri Yovan Jokichning joriy mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

«Ajoyib va murakkab mavsumni o'tkazdik. AGMK bilan ikkinchi bor birgalikda tarix yaratayotganimdan xursandman. Bunga qadar jamoa bilan kubokda g'olib chiqqandim, endilikda AGMK birinchi marotaba chempionat sovrindoriga aylandi. Bu yo'lda jamoa uchun xizmat qilganimdan mamnunman.

Murabbiylar shtabi, futbolchi jamoadoshlarim, klubda xizmat qilayotgan barcha personal hamda rahbariyat va albatta muxlislarga tashakkur bildirmoqchiman. Oson bo'lmagan mavsum va yil davomidagi fors-major holatlarida doimo bir-birimizni qo'llab-quvvatladik.

Aynan shunday hamjihatlik va bir ahil oilaga aylanganimiz muvaffaqiyat sari etakladi. Mavsum davomida haqiqiy jamoaga aylana oldik. Bronza medalini oilamga bag'ishlamoqchiman. O'zbekistondagi faoliyatim omadli kechmoqda deb bemalol ayta olaman. Dastlabki yil O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdim, keyinchalik kumush medal va superkubokda g'olib chiqdim. Bu yil esa bronza medaliga ega chiqyapman.

O'ylaymanki, bu hali hammasi emas. Bizni yana kubok o'yinlari kutmoqda va olmaliqlik muxlislarni hali yana xursand qilish niyatidamiz», — deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Yovan Jokich.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика