Yovan Jokich "Neftchi"ni tanladi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2024
Yovan Jokichning kelajakdagi jamoasi borasida turli yangiliklar paydo bo'lgan edi.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'z telegram kanalida so'nggi mavsum "Navbahor" sharafini himoya qilgan Jokich "Neftchi"dan yillik maoshi 300 ming dollar bo'lgan bitim olgani haqida ma'lumot elon qilingan edi.

PFL telegram kanali 32 yoshli yarim himoyachi Farg'ona klubiga o'tganini e'lon qildi. Uning "Neftchi" bilan tuzgan bitimi 2026 yilning oxirigacha davom etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia