So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  17 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  2 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  18 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  17 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  52

Yoshligida mashinada yashagan, hozir superklublar etiboriga tushgan hujumchi hayoti Yangiliklar

Yoshligida mashinada yashagan, hozir superklublar etiboriga tushgan hujumchi hayoti

Teglar :  Luka YovichAyntraxt
Luka Yovich "Ayntraxt" bilan Evropa Ligasi yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Pul tejash uchun Belgradda otasining mashinasida tunagan

Bazi yugoslaviyalik o'yinchilardan farqli o'laroq, omad Luka Yovichga kulib boqdi, u urushni ko'rmadi: Serbiya-Bosniya mojarosi u tug'ilishidan bir necha yil avval tamom bo'lgandi, turli portlashlar esa uning qishlog'i Batarga xavf solmadi. Luka Bosniyada, ammo serbiyalik oilada tavallud topgan.

Yovich 7 yoshidan Serbiyaning Loznica qishlog'ida futbol bilan shug'ullangan. Bu joy Batardan mashinada 20 daqiqalik yo'l edi. U erda bolakayning o'yini uchun 50 evro haq to'lashgan va yo'lkirasiga ham pul berishgan. Lukaning otasi pullarni olishni istamasa ham, topgan barcha pulini otasiga olib kelib berardi.

Bir kuni “Crvena Zvezda” skauti Yovinchi uchratib qoladi. Uni kuzata turib, bolakay qaysi oyoq bilan ko'proq o'ynashini tushuna olmaydi. Keyin uni to'xtatib, o'zidan so'raydi. Luka “ikkisi ham” deb javob berdi. Skaut bunga ishongisi kelmadi va penaltidan ikki oyog'i bilan tepib ko'rishini so'radi – Yovich ikkisida ham darvozani ishg'ol eta oldi.

Luka bolaligida serbiyalik hujumchi Savo Miloshevichga muxlislik qilgan. Savo  Bielina qishlog'ida tug'ilgan, lekin Belgradning “Partizan” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bu klubga ikki marotaba mamlakat chempionati va Kubokda g'alaba qozonishida yordam bergan. “Partizan” o'yinchining otasi orqali uni o'zlariga og'dirib olmoqchi bo'lgan va hattoki oyiga 200 evro taklif qilgan. Bundan “Zvezda” xabar topgan va yosh futbolchilarni qonunga zid tarzda o'ziga og'dirib olishda ularni ayblagan.

Mojaroga Miloshevich nuqta qo'ygan. U yigitga yuragiga quloq solishini maslahat berdi — Lukaning oilasi “Zvezda”ga muxlislik qilishini bilar edi: “Hammasi sening zimmangda, hal qil”.

Batardan Belgradgacha tahminan 3 soatlik yo'l edi. 6 yil davomida Luka mashg'ulotlarga eski Volkswagen Passat avtomobilida qatnagan. Bazida asosiy vaqtni yo'l uchun ketkazmaslik maqsadida ular tunni mashinada o'tkazgan vaqtlar ham bo'lgan. “Bir safar muzlab qolay degandik. Dam olish kuni Lukaning 2ta o'yini bor edi. Mashinani tribunaga yaqinroq joyga qo'ygandik. O'shanda odamlar bizga g'alati qarashgan edi”, — deydi o'yinchining otasi Milan “Mozzart Sport”ga bergan intervyusida.

Bunday “ko'chmanchilik sarguzashti” uzoqqa cho'zilmadi: klub azolari yosh jamoa tarkibidagi asosiy o'yinchilardan biri shunday ahvolda yurganidan xabar topdi va bu borada yordam berishdi. Lukani Belgraddan Dushko Toshichning (Serbiya termasi o'yinchisi) otasi uyiga olib borib qo'yardi.

Eski “Passat” hamon Yovichning Batardagi uyi hovlisida turadi. “Uni hech kimga berib yuborolmayman. Bu xotira”, — yodga oladi Milan. Ota buni eslamaslikka harakat qiladi, ammo o'g'lini Belgradga olib borib kelish uchun, kredit olgan va magazin ochgan. Topilgan barcha mablag' esa Luka uchun sarflangandi. Yovichning o'z fermasi bor edi, u erdan chiqqan barcha mahsulotlar esa magazinda sotish uchun olib ketilardi. Ish yurituvchi — xotini bo'lgan. To'g'ri, u bu sohani yaxshi tushunmasdi. 

Nemis fuqaroligi hamda buvisi va singlisining kasalligi

“Luka 9 yoshligida, Batarda to'satdan nemis raqami bo'lgan 2ta jip paydo bo'ldi, — deydi o'yinchining otasi. O'shanda Yovichning iqtidori haqidagi gaplar Germaniya, Angliya va Italiyaga ham etib borgan ekan. Mashinadan Yugoslaviyaning 2ta sobiq o'yinchisi tushdi va hujjatlar tayyor bo'lishi bilan istagan yangi klubiga o'tishi mumkinligini aytishdi. Keyinchalik yonimga “Arsenal” skauti keldi va agar Luka ular bilan shartnoma imzolasa, menga kvartira sovg'a qilishini vada qildi. U hattoki, meni telefon orqali Arsen Venger bilan ham gaplashtirdi. Ammo biz rad javobini berdik. O'g'lim kamtar inson ekanidan xursandman”.

O'shanda mashinada Fredi Bobich va Miki Stevich kelgan: bittasi “SHtutgart”da, ikkinchisi Dortmund “Borussiya”da ishlardi. Bobich o'shanda bu ishni ijobiy tomonga hal qilolmagan bo'lsa ham, keyinchalik buning uddasidan chiqdi. Hozirda u “Ayntraxt”ning sport direktori hisoblanadi va baribir Yovichni Germaniyaga olib kelishni epladi (2017 yilda).

2006 yil yanada jiddiy ish bo'ldi. Bundesliganing ikki klub vakillari Yovichga Germaniyaga ko'chib kelib, ularning fuqaroligiga o'tishni taklif qilishdi. Ammo butun oilasiga emas. Luka esa bobosi va buvisi bilan juda yaqin edi. SHuningdek, buvisining ahvoli ham og'ir edi: ikki yashar singlisi ham og'ir hastalikka chalingandi. Yaqinlarini tashlab ketishni istamagan Yovich uyda qoldi va “Zvezda”da faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.

Fermadagi barcha sigirlarni sotishga to'g'ri keldi, davolanish uchun mablag' tomondan Savo Miloshevich ham yordam berib turdi. Ammo Milanning onasi yordamdan bosh tortdi va barchasini nevarasiga sarflashlarini talab qildi. Singlisi sog'ayib ketdi, ammo buvisi olamdan o'tdi.

16 yoshida debyut o'yinidagi gol. Tungi klublar

Yovich 16 yoshida “Zvezda”da debyut qilgan. Bu ajoyib bo'lgandi: Luka “Voyvodina”ga qarshi bahsda (hisob 1:3) zaxiradan maydonga tushdi va hisobni tenglashtirdi. “Crvena Zvezda” sport direktori Zvezdan Terzichning quvonchi ichiga sig'may uni “serbiyalik Radamel Falkao” deb atadi. Luka bu maqtov unga keyinchalik zarar etkazganini aytdi.

2014/15 yilgi mavsum Yovich ko'pincha asosiy tarkibda o'ynadi va 6ta gol urdi. Ammo klubning ishlari biroz orqaga ketdi: “Zvezda” “Partizan”dan ancha ortda qolib ketdi. Lukani asosiy tarkibga kiritgan murabbiy Nenad Lalatovichni istefoga chiqarishdi. Uning o'rniga esa Miodrag Bojovich keldi. U “Zvezda”ni chempion qildi. Ammo uning davrida Luka asosan zaxirada qolib ketdi. Keyin esa “Crvena Zvezda” moliyaviy tomondan qiynalib qoldi. Yovichga esa “Benfika” qiziqish bildira boshladi. Lissabondan taklif tushishi bilan, Lukadan so'ramay, uni sotib yuborishdi. 

Transfer g'alati bo'lgan — avvaliga Kiprning “Apollon” klubi 2 mln evro taklif qilgan, kelasi kun esa “Benfika” deyarli 7 mln berishga tayyor ekanini malum qilgan. Birinchi mavsumda Yovich “Benfika”ning atigi 3ta o'yinida ishtirok etdi (Kubok, chempionat va CHempionlar Ligasini hisobga olganda). U ECHLning pley-off bosqichida "Bavariya"ga qarshi o'yinda 2 daqiqa o'ynadi va o'sha vaqtdagi eng yosh debyutant bo'ldi.

O'zingizga malum, ko'plab 18 yoshli futbolchilarga katta-katta pullar taklif qilishadi. Lukada ham shunday bo'ldi. Ammo bu holat uning boshini biroz aylantirib qo'ydi. U uyini sog'inar va shu sabab ko'ngildagidek shug'ullana olmasdi. Raqobatchilari esa bundan unumli foydalanib qolganlar. "Faqat o'zim aybdorman. Birinchi klubimdagi raqobatchilarim jiddiy edi: Mitroglu, Raul Ximenes va Jonas. Mitroglu o'sha payt har o'yinda gol urardi. Agar u urolmasa, Ximenes zaxiradan maydonga tushar va bu ishni amalga oshirardi. Jiddiy xatolarga ham faqat o'zim yo'l qo'yganman. Mendan so'ramay, sotib yuborishdi. Men juda yosh edim va psixologik tomondan bunga tayyor emasdim, — yodga oladi Yovich "Mozzart Sport"ga bergan intervyusida. — Men o'sha vaqtda professional darajada o'ynay olmadim. Inson o'z xatosini tan ola bilishi kerak. Muammo sog'inchda edi, men juda ham uyga ketgim kelgandi".

Lukaga Ruy Koshta yordam berdi. Bir kuni u o'rtoqlik o'yinidan so'ng, u bilan gaplashib o'tirish uchun sherigining yoniga keldi. O'sha kuni serb gol urgandi. Yovich uning elkasiga bosh qo'yib yig'ladi: "Uyga ketgim kelyapti, "Zvezda" tarkibida to'p tepishni istayman". Afsonaviy portugaliyalik uni ruhlantirish uchun shunday dedi: "Sen bu erda gol urgan yigitni ko'rmadingmi? U sen emasding shekilli?" Uni topib berolasanmi?". Ammo bu so'zlar yordam bermadi. O'yinlardan birida Luka asosiy tarkibda maydonga tushishi rejalashtirilgandi, lekin o'sha kecha futbolchi tonggacha tunggi klubda bo'lgan edi.

"Mitrogluning o'shanda ahvoli yaxshi emas, Ximenes jarohat olgandi. Men esa gol ura boshlab, ularning nazariga tushayotgan edim. Bu mening mashg'ulotlardagi eng yaxshi haftam bo'ldi. Men nima qilsam ham, hamma ishim o'ngidan kelayotgandi. Men Ederson darvozasiga ham o'ng, ham chap oyoq bilan gol urganman", — deydi Luka. — Payshanba kuni, o'yindan ikki kun avval, murabbiy meni boshlang'ich tarkibda o'ynatib ko'ra boshlagandi. Mitrogluning bundan jahli chiqdi, so'zlariga tushunmasam ham, grek tilida noroziligini bildirayotganini angladim. Ruy Koshta mashg'ulotdan keyin yonimga kelib: "Mana, qaytding. Bu sen. Seni shunday holda ko'rishni istagandim". To'g'ri, o'sha kuni ertalabgacha tungi klubda bo'lgandim va buni bilib qolishgandi. O'z-o'zidan, o'yinda umuman qatnashmadim".

Biroq Yovich "Benfika"ga bekorga bormagan ekan. U erda o'yinchi hali zo'r emasligini tushundi. Keyin esa o'z ustida ishlab, faqat hujum markazida emas, qanotda ham o'ynashga harakat qildi. "Men futbolchi sifatida ulg'aydim", — deydi keyinroq Luka.

2016/17 yilgi mavsum Yovich uchun Portugaliyadagi oxirgi yil bo'ldi. Unga Fredi Bobich qo'ng'iroq qildi va faoliyatini "Ayntraxt"da davom ettirishini taklif qildi. "Benfika" Lukani ijaraga, ikki yildan keyin arzimagan pul - 7 million evroga berib yubordi. Nazarimizda, Yovich u erda o'ynab ketishiga hech kim ishonmagan bo'lsa kerak.

U ajoyib o'yinlar ko'rsata boshladi. Bu mavsum u Bundesligada 17ta, Evropa Ligasida 8ta gol urdi. Bu hafta "Ayntraxt" qarzini (7 mln evro) to'ladi. Buni o'yindan oldingi qo'shimcha bosim deb tushunsa bo'ladi: axir yozda "Ayntraxt" serbni 8-9 barobar qimmatroqqa sotib yuborishi mumkin. Unga qiziqish bildirayotganlar ro'yxatida "Real" va "Bavariya" ham bor.

21 yoshli o'yinchi Batardagi uyini qayta tamirladi, ota-onasiga Belgraddan kvartira olib berdi.

Lukaning otasidan o'g'li top-klublarga qanchalik qiziqishi haqida so'rashganida, u shunday degan ekan: "O'g'lim bir kuni dedi: men millionlab pul ishlab topishim mumkin, lekin 10 evro evaziga ham o'ynashga tayyorman. CHunki futbolni juda ham yaxshi ko'raman!"


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика