So’nggi yangiliklar

14:26"Нефтчи" бош директори 2025 йилда ҳам клубда ишлайди   0 14:10Расман: Омар Мармуш – "Манчестер Сити" футболчиси!  5 13:50Рональд Араухо "Барселона" билан яна 6 йилга шартнома имзолайди  5 13:21Винисиус "Реал" сафида 100 талик довондан ўтди  5 13:03Тимур Кападзе: "Биргаликда кучли бўлиб керакли натижани қўлга киритамиз, бошқа йўлимиз йўқ"  30 12:41Ислом Исмоилов: "Қуръада рақибнинг аҳамияти йўқ эди, қўл остимдаги футболчиларимга ишонаман"  2 12:23U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистони, Хитой, Таиланд билан бир гуруҳдан жой олди  8 11:22Постекоглу: "Биз жароҳат туфайли ҳаттоки таржимонимни ҳам йўқотдик"  2 11:09Бизга "Юлдузлар фабрикаси" ярашади  15 10:26"Бунёдкор" ярим ҳимоячиси "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Бугун U-17 Осиё кубогига қуръа ташланади  1 09:35"Ал Аҳли" Винисиус Жуниор учун 350 миллион евро таклиф қилишга тайёр  13 09:05“Машъал” жамоасининг украиналик ёрдамчи мураббийи Микола Тишченко клубни тарк этди  0 08:40Про-лига дебютанти ўз етакчиси билан шартномани узайтирди  0 08:15"Бунёдкор"дан кетган дарвозабон фаолиятини Осиёда давом эттиради   2

Yoshlarimiz ijrosida gollar shousi (batafsil) Yangiliklar

Yoshlarimiz ijrosida gollar shousi (batafsil)

1995 yilda tug'ilgan va undan kichik futbolchilardan iborat O'zbekiston (U-19) yoshlar terma jamoasi o'zining navbatdagi yig'inini yakunladi.
Toshkentda o'tkazilgan o'n kunlik yig'in davomida Sergey Lushan boshqaruvidagi jamoa uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Oxirgi o'yinni yosh futbolchilar birinchi liga vakili "NBU-Osiyo" klubiga qarshi "JAR" stadionining ikkinchi maydonida o'tkazishdi. Bunda terma jamoa azolari raqib ustidan yirik 7:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Hisob bunday yirik ko'rinish olishini nafaqat terma jamoa azolari, balki "NBU-Osiyo"ning o'zi ham kutmagandi.





Lekin o'yin bobida ustunlik to'liq yoshlar termamiz tomonida bo'ldi. SHunday vaziyatlar bo'ldiki, bankchilar hatto maydon markazidan nariga o'ta olishmadi. Yoshlarimizni raqib darvozasini tajribali Yuriy Coy qo'riqlagani ham cho'chitmadi. Maydonda Javodullo Ibragimov, Leonid Koshelev kabi futbolchilar to'p tepgan bo'lishiga qaramay, Sergey Lushan shogirdlari shijoat bilan o'yin ko'rsatgan holda birin-ketin gollar urishdi.

Birinchi taymning o'zida hisob 3:0 ko'rinish olgan bo'lsa, tanaffusdan keyin birinchi liga jamoasi darvozasi yana to'rt marta aniq nishonga olindi. SHu kuni yoshlarimiz safida jarohat olgani bois Mirjamol Qosimov maydonga tusha olmadi. Qolgan o'yinchilarning hammasi sog' va ular navbatdagi yig'inni yakunlab uyga qaytib ketishdi. SHu yilning kuzida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rayotgan yoshlarimiz endi mayning o'rtalarida yana poytaxtda to'planishadi.
   
O'rtoqlik uchrashuvi. 30 aprel
O'zbekiston (U-19)  NBU-Osiyo - 7:0
O'zbekiston (U-19):
Dilshod Hamroev, Firdavs Abdusalimov, Odil Hamrobekov, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Javohir Sohibov, Sardor Azimov, Jamshid Boltaboev, Eldor SHomurodov, Andrey Sidorov, Asliddin Abdiev.
Zaxiradan tushganlar: SHerzod Abduraimov, Aleksandr Belyaev, Zohid Akbaraliev, Abdulla Komilov, Islom Qobilov, Murod Rajabov, Xurshid G'iyosov, Zabixillo O'rinboev, Izzatilla Abdullaev, Abdurasul Inomov.
Gollar: A.Sidorov (2ta), E.SHomurodov, S.Azimov, Z.Akbaraliev, I.Abdullaev, J.Sohibov, .




Hasan Pirmuhamedov kichik Hasan bilan




Rasmlarni DODAsi ertaga tushdan keyin bo'ladi. O'quvchilarimizga katta xushxabarimiz bor.


Xayrulla Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика