So’nggi yangiliklar

16:56Россия Бруней билан ўртоқлик ўйини учун қанча тўлаган?  2 16:14910 та гол урган Роналду: "1000 та гол уриш ҳақида ўйлаётганим йўқ"  4 15:35Рубен Аморим "Олд Траффорд"да МЮга қарши майдонга тушганини биласизми?  1 15:00Аббос Файзуллаев 5-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  1 14:34Аморим ёшлардан таркиб топган МЮ ҳақида: "Бизга вақт керак дейишни хоҳламайман, улар тайёр"  3 13:59Сурия Россияга қарши баҳсда 7 нафар асосий таркиб футболчисидан фойдаланмайди  2 13:26Мухлислар сабаб Косово терма жамоаси ўйинни тугатмай, майдонни тарк этди  8 12:35"Насаф" собиқ футболчиси Ўзбекистонга қайтмоқда  1 12:26Дэвис "Реал" олдига шарт қўйди  3 12:18Рубен Аморим: "МЮ илк кунлардан қўрқмасдан ўйнаши керак"  1 10:54Гвардиоланинг «Манчестер Сити»даги келажаги маълум  4 10:22Кеча дубль қайд этган Роналду қачон фаолиятини якунлаши ҳақидаги саволга жавоб берди  15 09:47Анчелотти истеъфога чиқарилса, унинг ўрнига «Реал»да вақтинчалик мураббий ким бўлиши маълум  5 09:10Жалолиддин Машарипов: «Ҳали ўйин тугамади...»  67 08:19Криштиану Роналду яна бир рекордни янгилади  22

Yoshlar termasidagi shonli yo'lini davom ettira olgan o'zbekistonliklar Yangiliklar

Yoshlar termasidagi shonli yo'lini davom ettira olgan o'zbekistonliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan keyin milliy terma jamoada ham o'zini namoyon eta olgan futbolchilar haqida fikr yuritamiz.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'z tarixida beshinchi bor yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Joriy mundialda Osiyo chempionlaridan ulkan natijalar kutilmoqda. Har holda termamizning avvalgi ishtiroklari ham chakki chiqmagan. Qolaversa, har bir avloddan bo'lajak istedod egalari etishgan. Ammo ularning barchasi ham keyinchalik yorqin o'yinchi bo'lib shakllanmagan. Quyida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan hamda yulduzlik kasaliga berilmasdan, klub va terma jamoa miqyosida ham ishonchli o'yin namoyish eta olgan futbolchilar haqida fikr yuritamiz.


1989 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati

Mirjalol Qosimov


O'zbek futbolining afsonasi ushbu mundialda mamlakatimiz mustaqillikka erishishidan ilgari SSSR terma jamoasi safida ishtirok etgan. To'g'ri, Qosimovdan ilgari "Paxtachi", "Paxtakor", "Xorazm" kabi klublarda faoliyat olib borgan Faxriddin Islomov Meksikada o'tkazilgan kichik mundialda ishtirok etgan (Nigeriga qarshi ilk o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushirilib, 66-daqiqada almashtirilgan). Biroq uning yo'li terma jamoa bilan tutashmadi.

Mirjalol Qosimov esa 14 yoshidan boshlab Sobiq Ittifoq terma o'smirlar terma jamoasida o'ynagan hamda jamoa sardori bo'lgan. Qahramonimiz sardorligi ostida Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasi jahon hamda Evropa chempionatida zafar quchgan. SHunga qaramay, O'smirlar o'rtasida qahramonliklar ko'rsatib kelayotgan Qosimov yoshlar o'rtasidagi mundialda antiqahramonlardan biriga aylandi. 

Gap shundaki, Mirjalol Qosimov bilan bir qatorda Andrey Timoshenko, Oleg Salenko kabi iqtidorlarni o'zida jamlagan SSSR yoshlar terma jamoasi guruh bosqichida yuz foizli natija ko'rsatib, chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ushbu bosqichda Nigeriyaga qarshi bellashuv ham kutilganidan yaxshiroq boshlandi: jamoa 58-daqiqaga kelib, 4:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Biroq keyinchalik "qizillar" osmonida qora bulutlar paydo bo'la boshlaydi va uchrashuv yakuniga qadar o'z darvozasidan to'rtta to'p o'tkazib yuboradi. Penaltilar seriyasida esa aynan 6-raqamdagi hamyurtimiz omadi kelmaydi va jamoasi musobaqa bilan xayrlashadi. Nigeriya esa finalga qadar etib borib, hal qiluvchi bahsda Portugaliyaga yutqazadi.

Keyinchalik O'zbekiston milliy terma jamoasi sardoriga aylangan Mirjalol Qosimov jamoaning asosiy figurasiga aylandi. Futbolchi O'zbekiston terma jamoasi safida 67 o'yin o'tkazgan va raqiblari darvozasiga 31 marotaba yo'l topa olgan. Osiyo o'yinlari-1994 dagi muvaffaqiyatimizda ham Mirjalol Qosimovning xizmatlari katta bo'lgan. "Bunyodkor" jamoasi bilan uch marotaba O'zbekiston chempionligi, O'zbekiston kubogi sohibi va OCHLda hali hech bir o'zbekistonlik murabbiy erishmagan cho'qqi, yani yarim finalga qadar etib borgan. O'zbekiston terma jamoasi bilan esa JCH-2014 yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun juda yaqin kelgandi. Hal qiluvchi bosqichga guruhda to'plar nisbatiga ko'ra jamoamiz Braziliyaga chiptasiga ega chiqa olmay qolgandi. Hozirda mutaxassis Olmaliqning OKMK klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

2003 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati

Ignatiy Nesterov 

Terma jamoamiz tarixidagi eng yaxshi posbon yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidagi dastlabki ishtirokida ham darvozani qo'riqlagan 12 raqamli posbonimiz jami 6 ta to'p o'tkazib yubordi. SHu jumladan, Argentinaga qarshi uchrashuvning 90+2 daqiqasida German Errera hujumda Ignatiy Nesterov bilan to'qnashib ketadi, senegallik hakam esa bu vaziyatda 11 metrli nuqtaga ishora qiladi. Fernando Kavenagi penaltini aniq ijro etib, so'nggi lahzada g'alabani ilib ketadi. 

Bir yil avval milliy terma jamoa safida Ozarbayjonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan "Osiyo Buffoni" keyinchalik ishonchli o'yinlari bilan Evgeniy Safonovning o'rnini egallaydi hamda ketma-ket beshta Osiyo kubogida ishtirok etgan holda rekord o'rnatadi. Klublar miqyosida 13 karra O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo'lgan posbonga joriy mavsum avvalida biror jamoa eshigini ochmadi.


Aleksandr Geynrix

Foto: Getty Images

Terma jamoada 17 yoshidayoq debyut qilgan Sasha Birlashgan Arab Amirliklari yashil maydonlarida o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida yorqin kelajagini bashorat qilayotganlarning ishonchini oqlagan holda guruh bosqichida ikkita gol urdi. Ulardan biri 9-raqamli forvard tomonidan Argentina darvozasiga jarimadan kiritildi.

Geynrix keyinchalik ham rivojlanishda davom etdi va O'zbekiston terma jamoasining asosiy goleadorlaridan biriga aylanib, 98 uchrashuvda 32 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ayniqsa, Samvel Babayan davrida milliy terma jamoaning jahon chempionati saralash bosqichidagi muhim gollariga mualliflik qildi. SHuningdek, u 2002 yil O'zbekistonning eng futbolchisi deb topildi. Bundan tashqari, O'zbekiston chempionati va kubogi, Rossiya va Qozog'iston chempionatlarida ham chempionlik tituliga ega chiqqan hujumchi 2018 yilning mart oyida butsalarini mixga ildi.


Jasur Hasanov

Foto: Alamy

Hademay 40 yoshni qarshi oladigan tezkor chap qanot o'yinchisi 2003 yilgi kichik mundialda atigi 20 daqiqa maydonda to'p tepadi. Maliga qarshi bahsda zaxiradan Marat Bikmaev o'rniga maydonga tushirilgan Hasanov jamoasiga mag'lubiyatdan qutulishga yordam berolmaydi. O'sha bahsning 90+1 daqiqasida Kulibali tomonidan kiritilgan gol afrikaliklarga 3:2 hisobidagi g'alabani taqdim etadi. Garchi 6-raqamli futbolchi navbatdagi o'yinlarda zaxirada qoldirilganiga qaramay, o'zini yo'qotib qo'ymaydi.

2007 yil Ukrainaga qarshi uchrashuvda milliy terma jamoa safida debyut qilgan yarim himoyachi keyinchalik muhim figuralardan biriga aylandi. Ayniqsa, 2011 yilgi Osiyo kubogida Jasur Hasanov har tomonlama o'zini namoyon eta oldi. SHuningdek, u terma jamoa bilan 2015 yilgi qita turnirida ham ishtirok etdi.

Besh karra O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi, shuningdek, Qatar chempionati g'olibiga aylangan Jasur Hasanov hozirda Jizzaxning "So'g'diyona" klubi sharafini himoya qilmoqda.

2009 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati

Sanjar Quvvatov va SHerzod Azamov

Foto: Alamy

O'zining uchta geometrik ko'rinishga ega qadimiy obidalari bilan mashhur Afrika mamlakati mezbonlik qilgan turnirda ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bu safar ham ishtirokini guruh bosqichida yakunlashga majbur bo'ldi. Gana, Urugvay va Angliya bilan bir guruhdan o'rin olgan vakillarimiz yagona bir ochkosini Angliyaga qarshi o'yinda qo'lga kiritdi. Kelgusi faoliyati ham o'xshash bo'lgani uchun birgalikda tilga olgan futbolchilarimiz — Sanjar Quvvatov va SHerzod Azamov ham ishtirok etgan. Ikkala futbolchi ham o'sha vaqtlarda "Mashal" akademiyasidan endigina unib chiqqan nihol edi. Keyinchalik ikkala futbolchi "Nasaf" tarkibiga qo'shildi. Azamovda bu jarayon ancha erta ro'y berdi. Buni qarangki, ularning yo'li navbatdagi jamoa — "Paxtakor"da ham tutashdi. Amaldagi mamlakat chempionlari bir muddat terma jamoaga ham jalb etildi, ammo hozirda Srechko Katanec nazaridan biroz chetda turibdi.


Islom To'xtaxo'jaev

Foto: Getty Images

Farg'onalik futbolchi "Neftchi"dan yoshlar termasiga jalb etildi va jamoaning asosiy metin qo'rg'onidan biriga aylandi. Mundialdagi qoniqarsiz natijaga qaramay, To'xtaxo'jaev o'z ishlashda davom etdi va ko'p yillar davomida "Lokomotiv" va terma jamoa safida maydonga tushdi. 33 yoshli futbolchi ayni damda Qatarning "Al Garafa" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

2013 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati

Sardor Sobirxo'jaev

Foto: Getty Images

2011 yil Meksikada o'tgan jahon chempionatida barcha yoqni lovullatib, keyinchalik birdan so'ngan avlodning cho'g'laridan bir qismi oradan ikki yil o'tib, Turkiyadagi yoshlar mundialida ham ishtirok etdi. Ulardan biri Sardor Sobirxo'jaev edi. Sardor o'sha vaqtlarda tildan tushmaydigan futbolchi emasdi, ehtimol, hozir ham shundaydir, biroq u maydonda katta hajmdagi ko'rinmas ishni amalga oshiradi. SHu bois, hamisha unga joy topilib kelgan. Qardoshlarimiz mezbonligidagi turnir biz uchun omadli keldi. Xorvatiya, Urugvay va Yangi Zelandiyaga ro'baro' kelgan vakillarimiz 4 ochko bilan eng yaxshi uchinchi o'rin sohiblari qatoridan o'rin oldi va nimchorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ushbu bosqichda esa Greciya 3:1 hisobida taslim etildi. Afsuski, chorak finalda tarkibida Pogba, Zuma, Umtiti, Veretu kabi yulduzlarni jamlagan Franciyaga kuchimiz etmadi. Yoshlar termasining asosiy tarkib futbolchilaridan bo'lgan 18-raqamli yarim himoyachi keyinchalik bir qator klublar sharafini himoya qilgach, sobiq jamoasi "Bunyodkor" safiga qaytadi va yangi qirralarini kashf eta boshladi. "Paxtakor"ga kelgach, esa Hamrobekov bilan ajoyib tandem hosil qila oldi. 29 yoshli besh karra O'zbekiston chempioni hozirda milliy terma jamoaga ham doimiy ravishda jalb etilmoqda.


Jaloliddin Masharipov

Foto: Getty Images

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi kichik mundialda asosan zaxiradan ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirish uchun maydonga tushirilgan. Keyinroq O'zbekistonning 23 yoshgacha bo'lgan termasi safida ham maydonga tusha boshlagan xorazmlik hujumkor yarim himoyachi klubdagi faoliyati davomida o'sishga erishib, "sherlar"ning etakchilaridan biriga aylandi. Keyinchalik arab o'lkasiga yo'l olgan hamyurtimizning hozirda Krishtianu Ronaldu bilan jamoadosh ekanligini yaxshi bilsangiz kerak. Qolaversa, O'zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi terma jamoada ham o'z o'rniga ega o'yinchi sanaladi.


Jamshid Iskanderov

Foto: Getty Images

Xorazmlik yana bir istedod egasi yoshlar jamoasining asosiy pleymekerlaridan biri edi, ammo 3-tur doirasidagi Urugvayga qarshi o'yinning 34-daqiqasidayoq jarohat olib, maydonni tark etgan Iskanderov keyingi uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Yarim himoyachi Masharipov singari U-23 termasida ham to'p tepishga ulgurdi. "Paxtakor"dagi uzoq yillik faoliyatidan so'ng "Lokomotiv" libosini kiygan o'yinchi ko'p o'tmasdan Koreyaga yo'l oladi, ammo uning safari ko'ngildagidek bo'lmaydi. 2022 yildan beri futbolchi Namanganning "Navbahor" klubi sharafini himoya qilib keladi.

O'zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi terma jamoa safida 24 o'yinda 6 ta to'p kiritgan. Biroq milliy terma jamoaning ayni damdagi bosh murabbiyi tomonidan muntazam yig'inlarga jalb etilmayapti. SHunga qaramay, 3 karra O'zbekiston chempioni klubdagi sermahsul o'yinlari orqali terma jamoaga loyiq ekanligini isbotlashga urinmoqda.


Igor Sergeev

Foto: Getty Images

Hozirda Qozog'istonda faoliyat olib borayotgan hujumchi goleadorlik qobiliyatini yoshlar o'rtasidagi mundialda ham namoyish eta olgan hamda turnir davomida raqiblar darvozasini uch bora aniq nishonga olishga muvaffaq bo'lgan.

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi keyinchalik klub bilan birgalikda 4 marta O'zbekiston chempioni va 2 bora mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. SHu bilan birga, 2015 yilgi mavsum 24 gol bilan chempionat to'purariga aylandi. SHuningdek, hozirgi jamoasi bilan Qozog'iston chempionatida g'olib bo'ldi. 

Terma jamoa tarkibida 2013 yil Iordaniyaga qarshi bahsda debyut qilgan forvard Vetnamga qarshi ikkinchi uchrashuvida terma jamoa safidagi ilk golini urishning uddasidan chiqdi. Igor o'zbekistonliklar bilan 2015 yilgi Osiyo kubogida ishtirok etib, o'yinda bitta to'p kiritdi. Umuman olganda, Sergeev milliy terma jamoa safida 67 o'yinda 19 ta to'p kiritgan.

2015 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati

Rustam Ashurmatov

Foto: Getty Images

Yangi Zelandiya mezbonlik qilgan 2015 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoa futbolchilari avvaligi mundial singari chorak finalga qadar etib borishdi. Etiborli jihati, o'sha avlodni mundialga Ravshan Haydarov olib borgandi.

Guruh bosqichida Germaniya, Gonduras va Fijiga qarshi maydonga saf tortgan vakillarimiz sal qolmasa, so'nggi pog'onada turnir erta yakunlashi mumkin edi. Dastlabki turda Gonduras, so'ngra Germaniyaga imkoniyatni boy berib qo'ygan o'zbekistonlik yoshlar oxirgi o'yinda Fiji darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritib, ikkinchi o'rin bilan nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. CHorak finalda avstriyalik tengqurlarini mag'lub etgan yurtdoshlarimiz chorak finalda Senegalga 0:1 hisobida yutqazib qo'ygandi. 

Rustam musobaqaning dastlabki uchrashuvida zaxirada qoldirildi, biroq kelgusi bahslarda asosiy tarkibdan o'rin egalladi. "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi keyinchalik klubning ham asosiy mudofaachilaridan biriga aylandi. "Qaldirg'ochlar"dagi ishonchli o'yinlar koreyaliklarning qiziqishiga sababchi bo'ldi va Ashurmatov navbatdagi ikki mavsumni ushbu mamlakat jamoalari libosida o'tkazdi. O'tgan mavsum esa "Navbahor" tarkibida ham etakchilardan biriga aylandi. Joriy mavsum esa himoyachi o'z omadini Rossiyaning "Rubin" klubida sinab ko'rishga qaror qildi. 

2017 yil Gruziyaga qarshi bellashuvda debyut qilgan hamda hozirgacha 23 uchrashuvda maydonga tushgan Ashurmatov bugungi kunda terma jamoaning asosiy mudofaa qo'rg'oni vakilidan biri sanaladi.


Odil Hamrobekov

Foto: Getty Images

"Nasaf" tarbiyalanuvchisi ham jahon chempionatida jamoasining muhim o'yinchilardan biri bo'lgan. 5-raqamli futbolchi turnir davomida barcha uchrashuvlarda to'liq o'ynagan va jamoasining muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo'shgan. Mundialdan keyin ham faoliyatini Qarshi jamoasi davom ettirgan yarim himoyachi 2019 yildan beri "Paxtakor" libosida harakat qilmoqda. SHuningdek, u bir muddat "SHabab al Ahli"da ham faoliyat olib bordi. 27 yoshli o'yinchi "sherlar" bilan uch marta O'zbekiston chempioni, shu bilan birga, kubok va superkubok sohibiga aylandi.

Ro'ziqul Berdiev boshqargan yagona terma jamoa o'yinida debyut qilgan Hamrobekov bugungi kunda markaziy zonaning ajralmas futbolchilaridan biri hisoblanadi hamda 36 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.


Otabek SHukurov

Foto: Getty Images

Milliy terma jamoa markazida Hamrobekovga aynan SHukurov tandem bo'lmoqda. Turkiyada Andrea Pirlo kabi mutaxassis saboqlarini olayogan yarim himoyachi mundialda ham asosiy tarkib futbolchilaridan biri bo'lgan va 10-raqamli libosda maydonga tushgan.

Keyinchalik "Bunyodkor"dagi samarali o'yinlardan so'ng SHukurov Birlashgan Arab Amirliklarining "SHarja" klubi safiga qo'shildi. Arab o'lkasida ko'p yil ter to'kkan hamyurtimiz mavsum avvalida o'z omadini Evropada sinab ko'rishga qaror qildi va Turkiyaga yo'l oldi. Hozirda u "Fatix Karagumruk"da ham boshlang'ich ro'yxatdan joy olib kelmoqda.

SHukurov MTJ safida 2016 yil Kanadaga qarshi bahsda debyut qilgan va shu kunga qadar 52 marta mamlakat shanini himoya qilgan.


Doston Hamdamov

Foto: Getty Images

Futboldagi ilk saboqlarini "Yangier" futbol-internatida olib, keyinchalik "Bunyodkor" akademiyasida ulg'aygan hujumkor yarim himoyachi yoshlar o'rtasidagi mundialda jamoa to'purariga aylangandi. 17-raqamda to'p tepgan futbolchi Gondurasga qarshi uchrashuvda jamoasining dastlabki goliga mualliflik qiladi. SHu bilan birga, Avstriyaga qarshi bahsda aynan Hamdamovning dubli vakillarimizni chorak finalga olib chiqadi. "Bunyodkor"dagi bir necha yillik faoliyatidan so'ng o'yin qisqa muddat "Anji"da harakat qildi va mamlakatizga qaytib, "Paxtakor" safiga qo'shildi. Bir mavsumdan keyin u BAAning "Al Nasr" klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi, ammo o'yin amaliyotiga ega bo'la olmadi. SHu bois, Doston yana "sherlar" tarkibiga qaytdi va hozirda mamlakatning amaldagi chempioni bilan birga. 

2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan Hamdamov yoshlar o'rtasidagi jamoa chempionatidan keyin olimpiya terma jamoasi bilan birgalikda 2018 yilgi Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov murabbiyligida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Milliy terma jamoadagi debyutini esa 2016 yil Kanadaga qarshi o'tkazdi. SHuningdek, u 2019 yilgi Osiyo kubogida ishtirok etdi.


Eldor SHomurodov

Foto: Getty Images

Milliy terma jamoamiz etakchisi va sardorining shakllanishida yoshlar termasi ham katta rol o'ynagan. "Mashal" tarbiyalanuvchisi mundialda 2 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan. SHomurodov "Bunyodkor"dagi faoliyatidan so'ng Rossiyaning "Rostov" klubiga yo'l oladi va uch mavsumni ushbu jamoada o'tkazadi. 2020 yil esa u Italiya A Seriyasida ishtirok etadigan "Jenoa" safiga borib qo'shiladi. Bir mavsumdan keyin esa "Roma" klubi nazariga tushadi va Joze Mourino boshqaruvidagi jamoaga kelib qo'shiladi, unga ammo portugaliyalik murabbiy tomonidan etarlicha o'yin amaliyoti berilmadi. SHu bois, joriy mavsumdan boshlab o'zbekistonlik hujumchi "Speciya"da ijara asosida o'ynamoqda. 

Milliy terma jamoa safida 2015 yil Yamanga qarshi o'yinda debyut qilgan SHomurodov keyinchalik ajralmas o'yinchisiga aylandi. 2019 yilgi Osiyo kubogida Eldor o'zini har tomonlama namoyish etib, turnir davomida 4 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi, ammo O'zbekiston ishtirokini 1/8 finaldayoq kunladi. "Burgutlar" forvardi hozirga qadar 34 ta to'p kiritib, SHackix bilan birgalikda terma jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Eldorda yakka peshqadamga aylanish uchun imkoniyat bisyor. SHuningdek, ikki bor O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan SHomurodov "Roma" bilan birga Evropa Konferenciyalar ligasida zafar quchgan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика