So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Yoshlar ligasi. "Neftchi" Toshkentda jangovor durangga erishdi Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Neftchi" Toshkentda jangovor durangga erishdi

11 iyul kuni “Neftchi” o'rinbosarlari Toshkent shahrida “Bunyodkor” mehmoni bo'lishdi.

Yoshlar ligasi 14-turidan o'rin olgan o'yin gollarga boy bo'lganini alohida etirof etish mumkin. “Milliy” stadionining zahira maydonida o'tkazilgan bellashuvda 6 ta gol darvozalardan o'rin oldi va bahsda 3:3 natijasini kuzatildi.

4 ta sariq kartochka tufayli Superliganing 14-turida maydonga tusha olmaydigan Filip Rayevac  ushbu bahs boshida hisobni ochib berdi. Birinchi bo'lim yakuniga etish arafasida “Neftchi” vaziyatni o'ngladi. Elamon Karimov qanotdan jarima maydonchasida ochilayotgan Doston Rashidovni to'p bilan taminladi. Doston esa boshi bilan chiroyli tarzda hisobni tenglashtirdi. Jamoalar durang hisob bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda yana “Bunyodkor” hisobda oldinga chiqib oldi. “Neftchi” jarima maydonchasida raqibga nisbatan qoida buzildi deb baholagan hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Futbol lotoreyasida  Rayevac   navbatdagini golini kiritdi. SHundan so'ng “Neftchi” murabbiylari bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi va o'zgarishlar bahs suratini o'zgartirib yubordi. Bo'lim o'rtalariga kelib “Neftchi” yana hisobdagi ko'rinishni tenglikka olib keldi. Standart vaziyatda, havodan uzatib berilgan to'pni Jamshid Qobulov ishonch bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. 2:2. Oradan ko'p o'tmay,  Doston Rashidov yana bir bor “Neftchi”ni katta sahnaga olib chiqdi. 2:3. Bu vaqtga kelib ikkinchi bo'lim tobora yakunlanib borayotgan edi. Afsuski, yoshlar jamoamiz tayyor g'alabani qo'ldan boy berishdi va keyingi daqiqalarda Rayevac uchinchi bor ham himoyachilar xatosidan unumli foydalandi hamda mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Yoshlar ligasi. 14-tur.
“Bunyodkor” – “Neftchi” 3:3 (1:1)

Gollar
: Rayevac – 1:0, Rashidov – 1:1, Rayevac – 2:1 (penalti), Qobulov – 2:2, Rashidov – 2:3, Rayevac – 3:3

“Bunyodkor”: Eldor Adxamov, Ixtiyor Xoldorov, Sanjar Qodirqulov, Ziyoviddin Axadov, Filip Rayevac, Abubakir Mo'ydinov, Oybek Xamidov,  Abdulxon Ismoilov, Otabek Bekboev, Kamron Najafaliev, Mirjaxon Miraxmadov
Zaxira: Jasur Umrzaqov, Nozimxon Rustamov, Burxon Usmonov, Hasan Yuldashev, Mirjamol Suyunov, Xabibjon Karimov, Bobur Mirzo Eraliev

“Neftchi”: Farrux Turdaliev,  Doston Rashidov, Islom Toshpo'latov, Ilhomjon Vahobov, Elamon Karimov, Ilhomjon Ibragimov, Jamshid Qobulov, Abdujalil Manazarov, Boburbek Isroilov, SHodiyor Xojimatov, Dostonbek Toshmatov
Zaxira: SHuhratillo Raxmonov, Dilyorbek Irmatov, SHaxzodbek Usmonov, Islombek Karimov, Rustam Solijonov, Xurshidbek Asqaraliev, Ibodjon Abelfazov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика