So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  5 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

Yoshlar ligasi. "Mashal" - "Metallurg". Murabbiylar fikri Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Mashal" - "Metallurg". Murabbiylar fikri

Teglar :  MetallurgMashal
Hozirgina yakunlangan "Mashal" - "Metallurg" (4:0) uchrashuvidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

Dastlab bekobodliklar murabbiyi Odil Isaboev o'yin haqida aytib o'tdi. "Mashal" jamoasidan esa bosh murabbiy Baxtiyor Sattarov o'yinda ishtirok eta olmagani bois katta murabbiy Maqsud Irisboev o'yin haqida gapirib o'tdi.

"Mashal" yoshlarini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun maydon holati yaxshi bo'lmadi. Men buni bahona sifatida ko'rsatmoqchi emasman. Raqibimiz bizga nisbatan bir necha barobar yaxshiroq o'ynadi. O'z maydonida tadbir bilan boshladi va ular muxlislarini xursand etdi. Asosiy maqsadimiz bosh jamoamizga yuqori saviyali futbolchilarni etkazib berishdir. Mahalliy yoshlarga ko'proq etibor qaratgan holda ularni tarbiyalab berishga harakat qilamaiz. Xudo xoxlasa yaqin yillarda jamoamiz uchun ushbu tarkibdan kuchli futbolchilar etishib chiqadi" , - deydi Odil Isaboev.

"Bugun ko'plab yoshlarni maydonga tushirdik. Ular o'zlarini ijobiy jihatlarini ko'rsatmoqda. Juda ko'p yigitlar istedodli va yaqin yillarda asosiy tarkibdan joy olishiga ishonaman. O'yin yomon bo'lmadi va hammani harakatidan qoniqdim. Ular imkoniyati boricha harakat qilishdi. Natija o'yinga mos bo'ldi. Eng asosiy maqsadimiz futbol maktabimiz yoshlarini etuk futbolchilar qilib tarbiyalashdir", - deydi Maqsud Irisboev.

"Mashal" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика