So’nggi yangiliklar

14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3

Yosh sportchilar "Nasaf" qarorgohiga tashrif buyurishdi va Bobur Abduxoliqov bilan suhbatlashishdi Yangiliklar

Yosh sportchilar "Nasaf" qarorgohiga tashrif buyurishdi va Bobur Abduxoliqov bilan suhbatlashishdi

Qashqadaryo viloyat bolalar o'smirlar futbol akademiyasi (mahorat maktabi) 10 dekabr "Xalqaro futbol kuni" munosabati bilan futbol akademiyasining sportchi o'quvchilari "Nasaf" o'quv-mashg'ulot bazasiga tashrif buyurishdi.

Sportchi o'quvchilarga "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va katta murabbiysi SHuxrat Toshpo'latovlar yosh futbolchilarga kelajakda yaxshi futbolchi bo'lishi uchun tinimsiz mehnat, o'z ustida ko'proq ishlash, tartib-intizomga rioya qilish, oldiga qo'yilgan maqsadga faqat o'z mehnati bilan erishish haqida tushunchalar berishdi. Hozirda O'zbekistonda bolalar va o'smirlar futboliga alohida etibor berilib, barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari haqida takidlab o'tishdi. Yosh futbolchilar "Nasaf" o'quv-mashg'ulotlar bazasida futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqishdi. 

"Nasaf" jamoasining sobiq hujumchisi, O'zbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi va hozirgi vaqtda Belorussiyaning "Energetik-BGU" hujumchisi Bobur Abduxoliqov, O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov, himoyachi Jo'rabek Mannonov, darvozabon Azamat Soyibov va yarim himoyachi SHarof Muhiddinovlar bilan futbolchilik faoliyati haqida dildan suhbatlashishdi. Yosh futbolchilar "Nasaf" markaziy o'yingohidagi "Nasaf" muzeyini ko'zdan kechirishdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика