Yosh “qaldirg'ochlar” xalqaro turnir yarim finalida!
06 iyu 2014 11:03
Yangiliklar
Yosh “qaldirg'ochlar” xalqaro turnir yarim finalida!
Qozog'istonning Taraz viloyatida sport ustasi Anton SHox xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirda guruh bosqichi nihoyasiga etdi.
Otabek G'ulomxo'jaev boshchilgidagi “Bunyodkor” futbol maktabining 2000 yilda tavallud topgan jamoasi birinchi turda Tomskning “Sparta” klubini 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgani haqida xabar bergandik. Guruhning 2-turida o'smirlarimiz Qozog'istonning “Abdish-Ota” jamoasiga imkoniyatni boy berishdi – 2:3. Lekin so'nggi, hal qiluvchi baxsda mezbon jamoa hisoblanmish “Montajnik-Taraz” klubini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan “Bunyodkor” yarim finalga yo'l oldi. Turnirda qatnashayotgan Toshkent shahar terma jamoasi guruhdagi uchchala o'yinda ham mag'lub bo'ldi va musobaqani barvaqt tark etdi.
Ertaga yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi va unda quyidagi juftliklar final yo'llanmasi uchun kuch sinashadilar: “Ural” (Ekaterinburg) – “Montajnik-Taraz”, “Rotor” (Volgograd) – “Bunyodkor” (Toshkent).

Fikrlar