So’nggi yangiliklar

00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  0 00:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ал Ҳилол" (онлайн ҳисоб)  29 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  31 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  12 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  1 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   11 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  3 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11

"Yosh futbolchilar 1-2ta mashina olib futbolni tugatishni o'ylamasligi kerak" - "Sehrli tayoqcha" Anvar Soliev bilan intervyu Yangiliklar

"Yosh futbolchilar 1-2ta mashina olib futbolni tugatishni o'ylamasligi kerak" - "Sehrli tayoqcha" Anvar Soliev bilan intervyu

Kecha O'zbekiston terma jamoasi safida Italiya chempionati yulduzlariga qarshi biz o'yinlarini sog'ingan bir qancha sobiq futbolchilar maydonga tushishdi.

 O'z vaqtida mamlakatimiz bosh jamoasi safida bir qator muhim gollarga mualliflik qilgan, ishqibozlar tomonidan "sehrli tayoqcha" nomini olgan Anvarjon Soliev kecha uchrashuvdan so'ng saytimiz uchun kichik intervyu berdi. "Paxtakor", "Bunyodkor" jamoalarining sobiq forvardi tez orada Championat.asia mehmoni bo'ladi. 

- Anvar Soliev futbolimizdagi katta nomlardan biri hisoblanadi. O'z vaqtida bir necha bor chiroyli o'yinlaringizdan bahramand bo'lganmiz. Bir necha yillar o'tib yana bir bor terma jamoa libosida ko'rdik. Bu o'zgacha hissiyotlarni bergani tabiiy...

- Avvalo mazkur tadbir muxlislarga zavq ulashish, xursand qilish uchun tashkil qilindi. Anchadan beri maydonga tushmaganimga yaxshigina formadan chiqibmiz. Qiyin bo'ldi. Eslasangiz kerak, o'sha yillarda terma jamoada ko'p hollarda zaxiradan maydonga tushardim. Bu safar ham shunday bo'ladi, deb o'ylagan edim. Lekin ilk daqiqalardan maydonga tushdim. Endilikda keyingi uchrashuvlarga professionalikka amal qilib o'zimizni tayyorlaymiz. 


- Ochig'ini aytsam shaxsan o'zim sizdan gol kutgan edim. Nafaqat men, balki xalq ham. Keling bir eslasak, O'zbekiston terma jamoasidagi eng yodda qolarli golingizni ajratib ko'rsata olasizmi?

- Hali hamon ijtimoiy tarmoqlarda gollarimni tomosha qilib turaman. Arxiv videolar bor ekan yaxshiyam. JCH-2006 saralashida Saudiya Arabistoniga gol urganman. Eng hayajonli va stadionni junbushga keltirgan o'yin Toshkentda Quvayt bilan kechgan. Bu o'yinda faqatgina g'alaba bizni pley-off bosqichiga olib chiqardi. 2:2 bo'lib turgan pallada Quvayt darvozasiga to'p kiritdim. Ochig'i buni so'z bilan tariflab bera olmayman. Vaqt shiddat bilan o'tib bormoqda. Yaqinda shu stadionda yugurib yurgan edik

- Nima uchundir futbolchilik faoliyatingizda biror marotaba sizni legioner sifatida xorij jamoalarida ko'rmadik...

- Bugungidek agentlar ko'p bo'lmagan. Hozir qarang, agentlarning sanog'i yo'q. Janubiy Koreyadan, CSKA klubidan taklif bo'lgani haqida eshitganman. Keyin esa bir marotaba "Sautgenmpton"ga ko'rikka borib kelganman. Nasib qilmagan ekan. Bundan asuslanmayman. 




- O'z-o'zidan savol tug'iladi. Top hujumchi sifatida bugungi forvardlarga chetdan qanday baho berasiz? Raqobat qay darajada, deb o'ylaysiz?

- Bor albatta. Masalan, "Olimpik"da yaxshi hujumchilar etishib chiqmoqda. Hozirda futbolimiz to'g'ri yo'lda. Ilgari biroz izdan chiqib ketgandi. Biz etishmagan marralarga ular erishsin. Har doim qo'llab-quvvatlaymiz. Maslahat berishga tayyormiz. Yosh hujumchilar ishlashi, tartibga amal qilishi kerak. O'sishni boshlayotgan jarayonda yonidagi insonlar to'g'ri yo'nalish bera olishi muhim. 1-2ta mashina olib tugataman, deb tor doirada o'ylash xato hisoblanali. Raqobatga kelsak, har bir jamoada 3-4 ta hujumchi o'ynardi. Jarohatga yo'liqqan futbolchining o'rni osonlikcha to'ldirilardi. SHunday muhitda to'p tepganmiz. 

- "Neftchi" haqida so'ramaslikning iloji yo'q. Jamoadan ketishingizni sababi nimada? "Neftchi"ning Superligada kutilganidek ishtirok etmayotgani sizni ham o'ylantiryaptimi?

- "Neftchi"da zo'r futbolchilar yig'ilgan. Kuzatib boryapman, hozirda 2ta g'alaba qozonsa holatini yaxshilab oladi. Ruhiyat ham, ishonch ham qaytadi. Jamoa o'z mavqeyini tiklaydi. Kuni kecha jurnalistlar Ilhom Mo'minjonovga to'g'ri savol berishibdi. Aslida o'tgan yili Superligaga chiqqanimizdan so'ng mavsum tugamasidan klubdan ketgandim. Murabbiyga omad tilayman.



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика