So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  1 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  9 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

Yorqin Nazarov: "Oldinda ikki tur qolganiga qaramasdan, bizda imkoniyat bor" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Oldinda ikki tur qolganiga qaramasdan, bizda imkoniyat bor"

Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan "Turon" - "Neftchi" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Bu jamoalar o'rtasidagi o'yin hamisha derbi maqomini olgan. Yaxshi bellashuv bo'ldi. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, ular yirik hisobga qaramasdan, qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirdi. Oldinda ikki tur qolganiga qaramasdan, bizda imkoniyat bor. "Andijon"dan 3 ochko ola bilsak, "Qizilqum"ga qarshi bahs hal qiluvchi o'yinga aylanadi. Mazkur uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. 

- "Turon" mag'lubiyatga uchrayotgan paytda hujumchi Humoyun Murtozaevning zaxiraga olinishi kutilmagan holat bo'ldi. Qolaversa, uning o'rniga yarim himoyachi maydonga tushirildi. Buning sababi nimada?

- Murtozaevning jarohati bor edi, u oyog'idagi gipsni yaqinda echdi. Mashg'ulotlardagi shijoatini ko'rib, uni o'yinga tayyor deb o'ylagandik. Biroq jarohat unga o'zini to'liq ko'rsatishi uchun xalaqit berdi. SHu bois, uni almashtirdik. Yarim himoyachi o'yinga qo'shilganiga qaramay, Xolmurodovni hujumga o'tkazdik. Bugun himoyaga urg'u bermay, uchta hujumchi bilan maydonga tushgandik. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика