⚡️Yordam qo'lini cho'zgan Iordaniya, o'z uyida taslim qilingan BAA yoxud O'zbekiston avvalgi saralashlarda qanday natijalar qayd etgan?
06 sen 2023 11:56
Yangiliklar
⚡️Yordam qo'lini cho'zgan Iordaniya, o'z uyida taslim qilingan BAA yoxud O'zbekiston avvalgi saralashlarda qanday natijalar qayd etgan?
Parij olimpiyadasi tomon ilk qadamni tashlaydigan vakillarimiz guruhda Afg'oniston, Gongkong, Eron bilan kuch sinashadi. Bir qarashdayoq saralashdan o'tish osondek, lekin vaqtida biz bu borada muammolarga uchraganmiz.
2013 yilgi Osiyo kubogi saralashi
OFK 2013 yil ilk bor qita miqyosida U-23 Osiyo kubogi musobaqasini tashkil qildi. Saralash bahslariga 2012 yil 14 fevral kuni qura tashlandi va unda 41ta terma jamoa qatnashdi. Aleksey Evstafeev boshchiligidagi U-21 terma jamoamiz Nepal mezbonlik qilgan saralashda Iordaniya, Yaman, Nepal, Bangladesh bilan birga "D" guruhidan joy oldi. Bangladesh va Nepal to'sig'idan o'tgan hamyurtlarimiz Yaman bilan durang qayd etib, Iordaniyaga mag'lub bo'ladi. Yakunda esa terma jamoamiz ikkinchi o'rin bilan final bosqichiga yo'llanma olgan.
Bangladesh - O'zbekiston 1:2
Gollar: Emon Mahmud 55 - Pavel Smolyachenko 40, SHohruh Gadoev 74
O'zbekiston - Nepal 4:2
Gollar: SHohruh Gadoev 7,56, Temurxo'ja Abduxoliqov 9, 86 - Anil Oja 33, Sujal SHrestra 42
Yaman - O'zbekiston 1:1
Gollar: Sadam Xusain 41 - Temurxo'ja Abduxoliqov 45+1
O'zbekiston - Iordaniya 1:3
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 32 - Odai Xadr 82, 87, Bani Attax 90+5
2016 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi
Aslida SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga saralashga oz fursat qolganda Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlanadi. Bangladeshda o'tgan saralashga terma jamoani Baxtiyor Ashurmatov olib boradi. Hindiston va Bangladeshni ishonchli hisobda enggan terma jamoamiz oxirgi turda Suriyaga mag'lub bo'ladi. Bu esa final bosqichiga chiqish masalasini chigallashtiradi. Vaziyat esa quyidagicha edi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "E" guruhida 6 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egallagan. Olimpiyachilarimizning to'plar nisbati +5. O'zbekiston U23 ushbu natijasi bilan ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida 5 jamoa bo'lib turgandi. Agar "B" guruhida 2 o'rin egasi bizdan yaxshiroq natija ko'rsatsa, 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoamiz Osiyo chempionati va Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlaridan quruq qolardi.
Buning uchun
1. Iordaniya - Quvayt o'yini durang bilan tugashi. Bu holatda Quvayt guruhda qolib ketadi.
2. Iordaniya Quvaytga 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchrashi. Bunisida esa Iordaniya yo'llanmani qo'ldan boy beradi.
Yakunda Iordaniya Quvayt bilan murosa ko'chasini tanlaydi (3:3) va bizni Qatarga o'zi bilan olib ketadi.
O'zbekiston - Hindiston 2:0
Gollar: Igor Sergeev 87, Vladimir Kozak 90+2
Bangladesh - O'zbekiston 0:4
Gollar: Jaloliddin Masharipov 4, Sardor Rahmonov 12, 29
Suriya - O'zbekiston 2:1
Gollar: Omar Harbin 29, 45+2 - Abbosbek Maxstaliev 59
2018 yilgi Osiyo kubogi saralashi
Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamizning ilk tarixiy onlariga qadam 2017 yil saralashidan boshlangandi.
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi olimpiya terma jamoamiz kvalifikacion raundda Livan, Nepal va mezbon BAA bilan bir kvartetdan joy olgandi. Dastlabki ikki bellashuvda vakillarimiz aytarli jiddiy qarshilikka uchramadi. Livan ishonchli 3:1, Nepal esa 2:0 hisobida taslim etildi. Musobaqa final bosqichiga esa guruhda birinchi o'rinni egallagan terma jamoalargina muammosiz yo'l olardi. Ikkinchi o'rin esa ahvolimizni ancha murakkablashtirishi tayin edi. Buyog'i hisob, kitob va matematika. Esingizda bo'lsa 2016 yil Qatardagi turnir saralashida ham so'ngi turda Suriyaga mag'lubiyatga uchrab qolgan jamoalarning yordami bilan hal qiluvchi bosqichga chiqqandik. BAA bilan uchinchi tur barchasiga oydinlik kiritishi kerak edi. Mag'lubiyat ikki jamoaning zarariga ishlardi. Yakuniy pallada Islom Qobilov va Javohir Sidiqovning gollari amirliklar ustidan g'alabani taminlagan. "Oq bo'rilar" yuz foizlik natija 9 ochko bilan final bosqichiga yo'llanma olgan.
O'zbekiston - Livan 3:1
Gollar: Halil Hamis (avtogol), Bobir Abdixoliqov 30, 38 - Hasan Hammud 58
Nepal - O'zbekiston 0:2
Gollar: Doston Tursunov 21, Aziz G'aniev 80
BAA - O'zbekiston 0:2
Gollar: Islom Qobilov 67, Javohir Sidiqov 90
2020 yilgi Osiyo kubogi saralashi
Ravshan Haydarov bu pallaga kelib o'zi boshqarayotgan terma jamoani serbiyalik Lyubinko Drulovichga topshirgandi. Saralashga esa O'zbekiston mezbonlik qilgan. Guruhda Pokiston ishtirok etmagan va Hindiston, Tojikiston, O'zbekiston final bosqichi yo'llanmasi uchun kurashgan. Drulovich shogirdlari kvalifikacion raundda u qadar yorqin o'yin ko'rsatmagan, Tojikiston bilan durang o'ynab faqatgina 1ta to'p farqidagi ustunlik evaziga Tailanddagi qita turniriga yo'l olgandi.
Hindiston - O'zbekiston 0:3
Gollar: Islom Qobilov 45+1, Bobir Abdixoliqov 78, 83
O'zbekiston - Tojikiston 0:0
2022 yilgi Osiyo kubogi saralashi
Bu safar terma jamoamiz Timur Kapadze boshchiligida U-21 nomi ostida musobaqaga boradigan bo'ldi. Aslida Ravshan Xaydarov boshchiligida 2021 yil boshidan tayyorgarlikni boshlagan terma jamoada 1999-2000 yilda tug'ilgan futbolchilar jamlangandi. Biroq rejaga o'zgartirish kiritildi va 2001-2002, 2003 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoa musobaqada qatnashadigan bo'ldi. Musobaqa final bosqichi mezbonligi O'zbekistonga berilgan saralash esa shunchaki tayyorgarlik vazifasini o'tab berardi, xolos. Natijalar esa hisobga olinmasdi.
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:2
Gollar: Otabek Jo'raqo'ziev 45, Jasur Jaloliddinov 80 - Hamid Al Gamdi 40, Muhsin Al Qahtani 47
O'zbekiston - Bangladesh 6:0
Gollar: Ulug'bek Hoshimov 13,17, Eldorbek Begimov 14, Asliddin Toshtemirov 26, Abbos Fayzullaev 64, Alisher Odilov 89
Quvayt - O'zbekiston 1:5
Gollar: Naji 65 - Diyor Rahimqulov 37, Xojimat Erkinov 45+2, 90+4, Jasur Jaloliddinov 51, Ulug'bek Hoshimov
Fikrlar