So’nggi yangiliklar

07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0

"Yondiradigan" aprel Yangiliklar

"Yondiradigan" aprel

Bir necha kun davom etgan yomg'irdan so'ng issiq kunlar ham boshlandi.

Aprel oyi kirib keldi. Bu oyda etiborimiz ko'proq Superligadan ko'ra xalqaro maydonlarga qaratiladi. Sababi "Paxtakor" va "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasi guruh o'yinlarini o'tkazsa, O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi. 

Gapni OCHLdan boshlaydigan bo'lsak, bu mavsum O'zbekiston sharafini ushbu musobaqada ikkita klub himoya qiladi. Bilasiz, Osiyo chempionlar ligasining G'arb mintaqasi barcha guruh o'yinlari Saudiya Arabistonida tashkil etiladi. 

"D" guruhidan joy olgan "Paxtakor" o'z o'yinlarini Burayda shahrida, "E" guruhi vakili "Nasaf" esa uchrashuvlarni Dammamda o'tkazadi.

"Paxtakor" guruhidan Eronning "Sepaxon", Saudiya Arabistoni klubi "Al Taavon" hamda Qatarning "Al Duhayl" klublari o'rin olgan. Albatta, diqqat-markazimizdagi bahs "Paxtakor"ning "Al Duhayl"ga qarshi ikkita o'yini bo'ladi.

"Paxtakor" o'yinlari taqvimi:   

7 aprel. "Paxtakor" - "Sepaxon"

10 aprel. "Al Taavon" - "Paxtakor"

14 aprel. "Al Duhayl" - "Paxtakor"

18 aprel. "Paxtakor" - "Al Duhayl"

22 aprel. "Sepaxon" - "Paxtakor"

26 aprel. "Paxtakor" - "Al Taavon"


"Nasaf" joy olgan guruh ham qiziq ko'rinishda. Qarshiliklar o'z o'yinlarini Iordaniyaning "Al Vihdat", Saudiya Arabistoni klubi "Al Faysali" hamda Qatar etakchisi "Al Sadd"ga qarshi o'tkazishadi.

"Nasaf" o'yinlari taqvimi:

8 aprel. "Al Sadd" - "Nasaf"

11 aprel. "Nasaf" - "Al Vihdat"

15 aprel. "Nasaf" - "Al Faysali"

19 aprel. "Al Faysali" - "Nasaf"

23 aprel. "Nasaf" - "Al Sadd"

27 aprel. "Al Vihdat" - "Nasaf"


Etiborimiz futzalga ham qaratiladi

SHuningdek, bu oyda O'zbekiston futzal milliy terma jamoamiz ham rasmiy o'yinlarda ishtirok etadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari Qirg'iziston poytaxti Bishkekda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati saralash bosqichida qatnashib qaytishadi. 

"B" guruhida kurash olib boradigan futzalchilarimizning o'yinlar taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan. 

10 aprel. O'zbekiston - Nepal

11 aprel. Afg'oniston - O'zbekiston

12 aprel. O'zbekiston - Tojikiston 

P.S. Guruhdan ikkita terma jamoa Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqadi. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati shu yilning 25 sentyabr - 20 oktyabr kunlari Quvaytda bo'lib o'tadi. 

SHunday qilib bizni aprelda bir-biridan qiziq bahslar kutmoqda. Xalqaro maydonlarda Vatanimiz nomidan kurashga chiqadigan jamoalarga omad tilaymiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика