So’nggi yangiliklar

21:00ЕЧЛ янги мавсумига қуръа ташланмоқда  7 20:48МЮнинг 64 млнлик "биллури" сафдан чиқди  2 20:18Роналду: "Ҳеч қачон қўрқоқ бўлмаганман"  4 19:47"Реал" 2030 йилгача Эндрикнинг ҳар бир голи учун 35 000 доллардан тўлаб боради  5 19:19Футболчиларни сотиб ололмаётган "Барселона" эркин агент топди, аммо яна битта муаммо бор  3 19:11Де Росси Элдор Шомуродовнинг фаолиятидаги нечанчи мураббий?  3 18:12Нима? Кьеза кутилмаганда АПЛ гранди билан шартнома имзолади   8 17:35БУМ! Рамос ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтмоқда. У энди Роналду ва Бенземага қарши ўйнайди  4 16:59ЖЧ-2026 саралаши: Қирғизистон терма жамоасига яна икки нафар футболчи чақирилди  0 16:40Бугун ЕЧЛ қуръаси. Янги формат ва қуръа механизми қандай?  10 16:25Яна бир футболчи ТОП клубларнинг таклифига қарамай, фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиришга қарор қилди  1 16:14"Арсенал" трансфер ойнасининг охирги куни Германия термаси етакчиси билан шартнома имзоламоқчи  8 15:48Килиан Мбаппе Месси ҳақида: "Бу "митти" мен учун "GOAT" эмас"  9 15:14Ҳакамлар “Насаф”га яна ёрдам беришдими? Суперлиганинг 17-туридан ўрин олган ҳакамлик фаолияти таҳлили  42 14:44Ваниҳоят! "Челси" футболчисини ижарага бера олди  2

Yolg'izlik, onasining vafoti, raqobat va sharmandali xatolar yukini ko'tara olgan darvozabon hayoti Yangiliklar

Yolg'izlik, onasining vafoti, raqobat va sharmandali xatolar yukini ko'tara olgan darvozabon hayoti

2008 yil Ugo Loris "Milan"ga o'tishi mumkin edi, biroq transfer amalga oshmadi.

Bunga ikkita narsa sabab bo'ldi: birinchisi — jamoada asosiy o'rin yo'qligi. Unga asosiy darvozabon bo'lishi uchun hech kim kafolat bermadi. Ikkinchi sabab — sotib olinishi rejalashtirilayotgan yangi futbolchi tufayli "Milan" direktori klub faxriysi Kristian Abyattidan qutilish payiga tushib qolgandi. Ammo u "Palermo"ga ketishni istamadi va natijada transfer amalga oshmadi.

2012 yil "Tottenxem" bosslari uning yoniga keldi, lekin o'xshash scenariy uni ajablantirmadi. Franciya termasi sardori bo'lgan Loris begona yurtga jo'nab ketdi. Biroq u erda ham hech kim unga asosiy tarkibni vada qilmagan edi. Butun APL va jumladan Andre Vilash-Boash uchun Bred Fridelning ikkinchi yoshligi haqiqiy "shok" bo'ldi. Ammo amerikalik darvozabon jarima maydoniga chiqib ketar, muntazam ravishda seyvlar qilardi. Bunday posbonni o'yindan chiqarib yuborish qiyin edi. SHuning uchun, Loris zaxira o'rindig'idan joy egalladi.

"Men bor kuchim bilan mashq qildim, ammo murabbiy meni baribir asosiy tarkibga kiritmadi. Buni tushunish va qabul qilish qiyin. Lekin vaziyat nima uchun bunday bo'lganini faqat uning o'zidan so'rash kerak. Biroq men baribir professional bo'lib qolaveraman", — degan edi Loris. Noyabr o'rtalarida u bittagina o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va juda tushunarsiz o'yin namoyish etdi.

Loris bilan bo'ladigan raqobat Fridelni umuman havotirga solmadi: "Loris ajoyib darvozabon bo'lishi shart. Biroq Premer-ligaga o'rganib ketishi uchun unga vaqt kerak bo'ladi. Mening Angliyadagi birinchi yarim yilim juda dahshatli o'tgan, ammo bu men uchun yaxshi tajriba bo'lgan".

Bolaligida tennis va "Manchester Yunayted" sharfini yaxshi ko'rgan

Lorisning otasi − bankir, onasi esa advokat bo'lgan. Ular o'g'illari tarbiyali bo'lishi va hayotda o'z o'rnini topishiga harakat qilardilar. SHu sababli, bolakay moliyaviy tomondan hech narsaga zoriqmay ulg'aydi. SHunga qaramay, bolakay juda kamtar va tarbiyali bo'ldi: "Ugo − oz, ammo aniq gapiradigan, uyatchan, sezgir va o'ziga xos bola edi. Men uni televizorda ko'rganimda, umuman o'zgarmaganiga guvoh bo'ldim: kamtar, og'ir-bosiq", − yodga oladi maktab o'qituvchisi Fransuaz Bokser.

Kamgap va uyatchan Loris 13 yoshga qadar futbol yoki tennisdan qay birini tanlashga rosa ikkilangan. 1991 yil aprelda onasi bilan Monte-Karloda bo'lib o'tgan tennis turniriga borgan: o'shanda Pit Sampras chiqish qilgan va aynan uning o'yinlari bolakayni ilhomlantirgan. Loris ikki sport turini ham yaxshi epladi va hattoki eng yaxshi franciyalik o'yinchilar qatoridan joy oldi (tennischilar orasida). Oradan ikki yil o'tib futbolga qiziqa boshladi.

Loris ikki poziciyada o'zini sinab ko'rishga qiziqardi: hujumchi yoki darvozabon. U buni shunday tushuntirgan: "Tabiatan uyatchan bo'lganim sababli, maydonda etibor markazida bo'lishni istayman. Bunga erishish uchun yo tinimsiz gol urish, yoki to'plar darvozaga kirishini to'xtatib qolish kerak". Qahramonimiz ikkinchi variantda to'xtashga qaror qildi.

Lorisning futbolga bo'lgan muhabbati uyg'onishiga ham onasi sababchi bo'ldi − 7 yoshga to'lganida, onasi xizmat safaridan "Manchester Yunayted" sharfini olib keldi. SHundan keyin bolakay futbolga qiziqa boshladi. Kichik Lorisga Erik Kantonaning o'yinlari juda yoqardi, Peter SHmeyxelga esa shunchaki qoyil qolardi: "Men darvozabon mahoratini SHmeyxel misolida o'rganganman − u tengsiz futbolchi edi. U doim jarima maydonini nazorat qilishga harakat qilar, yaxshi o'yin namoyish etar va hujumchi bilan birga-bir o'ynashdan qo'rqmas edi".

2008 yil. "Nicca" - "Lill" uchrashuvidan bir necha kun oldin Loris hayotida haqiqiy fojia yuz berdi: saraton kasalligiga chalingan onasi vafot etdi. Murabbiy Frederik Antonetti zudlik bilan posbonni tatilga chiqardi. Biroq Loris boshqa yo'lni tanladi: onasining o'limidan ikki kun o'tib maydonga tushdi va ajoyib o'yin namoyish etdi — dahshatli seyvlar qildi va umuman to'p o'tkazmadi.

Fridel bilan bo'lgan raqobatda bardoshlilik va sovuqqonlik Lorisga katta yordam berdi. Yopiq va ziddiyatsiz holat: janjal qilmadi, ultimatum qo'ymadi. Ammo bor kuchi bilan mashg'ulotlarga qatnadi, tinimsiz ravishda o'z ustida ishladi va kelasi mavsumda asosiy tarkib darvozaboniga aylandi. Bunday natijaga qanday erishgani haqida so'rashganida, Loris bolalikdagi bir voqeani yodga oldi va quyidagicha javob berdi: "Ota-onam biror ish bilan shug'ullanayotgan bo'lsang, bo'shashishga haqqing yo'q. Bir ishni boshladingmi − uni to'liq bajar, ana o'shanda ijobiy natijaga erishasan deb o'rgatishgan".

Loris eng yaxshi darvozabon bo'la olmaganining asosiy sababi

SHu vaqtgacha Loris jahonning eng yaxshi posbonlari qatorida tilga olinmasligining asosiy sababi — unga doim past baho berishardi. U hech qachon yil jamoasiga nomzod bo'lmagan, "Oltin qo'lqop"ga loyiq topilmagan va ko'pchilikning ongida Premer-liganing eng yaxshi darvozaboni sifatida gavdalanmaydi. Bu erda ikki sabab bor: birinchisi Lorisning o'zi va David De Xea. Lorisning asosiy muammosi − hal qiluvchi xatolarning ko'pligi. Ha, u bu narsani qolgan bir dunyo narsalar bilan yopib ketadi, lekin uning qo'pol xatolari o'ta muhim pallalarda sodir bo'lgan va ko'pchilikning xotirasida qolib ketgan. 

Solishtirish uchun boshqa posbonlarni olaylik: avvalroq eslaganimiz De Xea va Petr CHex. Oxirgi sakkiz mavsumni ular Angliyada o'tkazishdi (xuddi Loris kabi), Premer-ligani tark etishmadi (xuddi Kurtua kabi) va chempionatga yaqinda kelganlar toifasiga ham kirmaydilar (xuddi Alisson va Ederson kabi). Birinchi ko'rsatkich − "quruq" o'tkazilgan o'yinlar soni. Bu natijaga darvozabon o'yini va himoyachilar teng ravishda javobgardirlar. De Xeaning ustunligi − minimal. Unda etti mavsumda 87 quruq o'yin, Lorisda bittaga kam. CHex ularning ikkisidan ham biroz ortda − 74.

Endi 2012 yildan buyon amalga oshirilgan seyvlar soniga murojaat qilamiz. Bu erda yana De Xea etakchi, lekin Loris ham deyarli tengma-teng kelayapti: De Xea − 666, Loris − 602, CHex − 554 (bu natijalar o'tgan mavsum yakunlari bo'yicha).

Endi navbat natijasida gol qo'yib yuborilgan xatolarga etib keldi. O'tgan mavsum De Xea uchun eng yomonlaridan biri bo'lgan bo'lsa-da, sakkiz yil davomida u bor yo'g'i 10 marta bunday xatoga yo'l qo'ygan. Lorisning bu boradagi natijasi ancha yomonroq − 16. CHexda − 13. Barchasi aynan yakuniga etgan mavsumda o'zagrib ketdi. Loris mavsum davomida faqat bir marta − "Liverpul" bilan uchrashuvda xatoga yo'l qo'ydi, De Xea esa bir yo'la besh marta golli xatoga sababchi bo'ldi. 

Ispaniyalik va franciyalik posbonlar o'rtasida, klass borasida aslida unchalik katta farq yo'qdek. Ugo raqibidan kamroq qutqarmagan yoki uning seyvlari osonroq vaziyatlarda deb ham bo'lmaydi. Lekin De Xeaning kuchi − deyarli "qovun tushirmasligida", Loris esa faqat o'tgan mavsumda nisbatan barqaror o'yin ko'rsatdi.

Loris ham hurmatga loyiq ekanligining isboti

O'tgan mavsum Loris uchun eng yaxshisi deyishimizga nafaqat qo'pol xatolarning deyarli yo'q bo'lgani sabab bo'la oladi. Keling, darvozabonlar o'yinini baholashda ko'p ishlatiladigan xG-metrikaga murojaat qilamiz. Buni qarangki, 2018/19-yillar mavsumida Loris − gol bo'lishi kutilgan vaziyatlar soni va o'tkazib yuborilgan gollar soni bo'yicha APLda eng yaxshi natijaga erishdi. Franciyalikning seyvlari jamoasini oltita qo'shimcha goldan qutqardi. 

Yana bir muhim ko'rsatkich − qaytarilgan zarbalar soni. Odatda bu boradagi ko'rsatkich 70%dan yuqori bo'lsa, yo darvozabonning omadli seriyasiga to'g'ri kelgan yoki u chindan kuchli posbon. Loris butun mavsum davomida natijasini yuqori notada ushlab tura oldi − mavsum yakuniga kelib uning ko'rsatkichi 75%ni tashkil qildi. 2019 yilda Loris davrozasiga uch bor penalti belgilandi. Zarbani − Obameyang, Vardi va Aguero amalga oshirdi. Ularning barchasi APL to'purarlari poygasida etakchilik uchun kurashayotgandi. Loris har uchala zarbani ham qaytarishga muvaffaq bo'ldi.


Loris o'yinining yana bir etiborga loyiq jihati − darvozabonning jarima maydonchasidan chiqib kelishi. U muntazam ravishda raqib hujumchilaridan chaqqonroq harakat qilib, himoyachilarining xatolarini yopib "sviper-kiper" vazifasini bajaradi. Lorisning o'ziga xos uslubi haqida 2014 yildayoq Bred Fridel fikr bildirgandi: "Ugo soniyalar ichida qaror qabul qilishga qodir. Uning SHimoliy London derbisidagi Teo Uolkottdan to'pni olib qo'ygan vaziyati va "Kardiff"ga qarshi o'yindagi seyvi − nozik vaziyatni juda yaxshi his qila olishini bildiradi. Bunday pallada boshqa darvozabon qizil kartochka olishi hech gap emasdi". Besh yil avval aytilgan gaplar bugun ham dolzarbligini yo'qotmagan: sababi Loris hamon APLning eng zo'r kiperlaridan biri!

Loris bir necha bor o'yin uslubi haqida gapirib o'tgan: "To'p menga etib kelishini kutishga sabrim etmaydi, shuning uchun o'zim to'pga qarab intilaman. O'z jarima maydonimda bo'layotgan jarayonni to'liq boshqarishni istayman. Maydonda o'ynashni yoqtiraman va darvozabonlar ham maydondagi futbolchilar sifatlariga ega bo'lishi shart: yaxshi pas etkazib berish, "podkat" amalga oshira olish, to'p bilan nafaqat qo'lda, balki oyoqda ham yaxshi muomalada bo'lish. Bu bilan men himoyachilarimizga yordam beraman. SHunda ular yanada yuqoriroq o'ynab, raqibga bosim uyushtira oladilar!", — deydi Ugo Loris.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика