Yoaxiv Lyov: "Istefoimni muhokama qilishyaptimi? Bu normal holat"
14 okt 2018 12:55
Yangiliklar
Yoaxiv Lyov: "Istefoimni muhokama qilishyaptimi? Bu normal holat"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Gollandiyaga qarshi o'yindan so'ng istefoga chiqishi haqidagi gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"O'yinda juda yaxshi harakat qildik. Ammo, gol kirita olmadik. Tushunib turibman, ko'pchilik mening Germaniya terma jamoasidan ketish masalamni muhokama qilmoqda. Bu sir emas. Ammo, men bor etiborimni navbatdagi o'yinga tayyorgarlikka qaratganman. Meni futbol jamoatchiligining muhokamalari emas, Franciyaga qarshi oldinda turgan o'yin qiziqtiradi. Bunday gap-so'zlar normal holat", - dedi Lyov.
Fikrlar