Yoaxiv Lyov: "Iste'foimni muhokama qilishyaptimi? Bu normal holat"

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2018, 12:55
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Gollandiyaga qarshi o'yindan so'ng iste'foga chiqishi haqidagi gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"O'yinda juda yaxshi harakat qildik. Ammo, gol kirita olmadik. Tushunib turibman, ko'pchilik mening Germaniya terma jamoasidan ketish masalamni muhokama qilmoqda. Bu sir emas. Ammo, men bor e'tiborimni navbatdagi o'yinga tayyorgarlikka qaratganman. Meni futbol jamoatchiligining muhokamalari emas, Fransiyaga qarshi oldinda turgan o'yin qiziqtiradi. Bunday gap-so'zlar normal holat", - dedi Lyov.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AFP