"YO Xudo, axir bu bomba-ku!" yoxud Jahon kubogi va Angliyani umrbod sharmandalikdan qutqarib qolgan it haqida hikoya
05 apr 2018 21:28
Yangiliklar
"YO Xudo, axir bu bomba-ku!" yoxud Jahon kubogi va Angliyani umrbod sharmandalikdan qutqarib qolgan it haqida hikoya
Angliya terma jamoasi futbolchilari 1966 yilgi jahon chempionligini "Royal Garden Hotel" mehmonxonasida nishonlashdi. O'sha vaqtda futbolchilarning rafiqalari ham bayramni o'sha erda nishonlashardi, balkonda esa iti bor bir kishi ham turardi.
"Men hech qachon johil, yovuz ayollarni ko'rmaganman, - dedi Deyv Korbett, uy egasi kuchukni Piklz deb chaqirdi, - Men o'zimni noqulay his qilyapman", u shunday deganida kuchuk asabiylashib ketdi va joyini o'zgartirib oldi. Angliyada futbolchilarning itlarini xuddi egalaridek qadrlashadi, hattoki ularning darajasida bo'ladi.
Britaniyaliklar o'z maydonlarida o'tgan JCH sovrinini braziliyaliklarning qo'lidan qabul qilib oldi. Jyul Rime sovrini Vestministr abbatligidagi Markaziy xollga joylashtirildi. CHempionlik sovrini yaltiroq kumushdan va lazuritdan tayyorlangandi. Unda g'alaba xudosi Nikaning tasviri tushirilgan va u 30 ming funtga sug'urtalangandi.
Kubok joylashgan qo'shni zalda dunyoning eng qimmatbaho buyumlari turardi, biroq 20 mart kuni u erni yuqori martabali insonlarning tashrifi sababli yopib qo'yishdi. Jyul Rime sovrini joylashgan xona esa yopib tashlangan, ko'pchilik qo'riqlardi. O'sha kuni bir qavat pastga cherkov xizmati ko'chib bordi va abbatlik 300 kishi bilan joylashdi. Soqchilar o'zlarining ertalabki ishlarini bajarib, 11:00da ish joylarini tark etishdi. O'sha vaqtda bir o'g'ri markalar joylashgan qo'shni xonaning oynali eshigini ochib, Nikani o'g'irlab ketdi.
Soqchilar o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlamadi va shu boisdan ular bo'shatilishga tayyorlanayotgandi. Tashkilot boshlig'i Jo Mirs esa kubokning yo'qolganini eshitib, kasalxonaga tushib qoldi. Britaniya futbol federaciyasida esa vahima qilishni boshladi. Sovrinni qidirish uchun Londonning barcha policiyachilari jalb etildi, hukumat esa sovrinni topib bergan insonga 10 ming funt berishini malum qildi. Ikki kundan keyin talonchi paydo bo'lib, sovrin uchun 150 ming funt talab qildi.
"Men uchun bu sovrin oltin bo'lagidir. Agarda men javobni payshanba kun tuni yoki juma tongigacha qabul qilmasam, sovrinni bo'laklab tashlayman", - deb yozilgan xatni qabul qilib oldi Mirs.
Talonchi uchrashuv joyi sifatida Bettersi bog'ini tanladi. Xat qabul qilib olingandan bir kun o'tib, Norvudning 26 yoshli fuqarosi Deyv Korbett kuchugi Piklz bilan ko'cha aylangani chiqib ketdi. Deyv opasining uyiga mehmonga bordi, biroq yo'lda kuchuk o'sib turgan butaga qarab vovillay boshladi. U asabiylashardi va ovoz yanada qattiqlashdi. Bundan itning egasi qo'rqib ketdi, o'sha vaqtda Angliyani Irlandiya Respublikasi armiyasi dahshatga solayotgandi.
"Mening birinchi fikrim: YO Xudo, axir bu bomba-ku!" Boshlanishida ortga qaytdim, biroq u gazetani yirtishni boshladi. Ammo ahamiyat bersam unda shunday yozuv bor ekan: "Braziliya, Germaniya, Urugvay...". Uyga yugurib bordim va rafiqamga: "Azizim, men Jahon kubogini topdim", - dedim. Albatta, u bunga ishonmadi.
Tezlik bilan u Skotlend-Yardga etib bordi va voqelikni aytib berdi. Tabiiyki, boshida uni asosiy jinoyatchiga chiqarishdi.
"Men haftalar mobaynida tekshirishdi. Keyinchalik ayblovni olib tashlashdi. SHundan so'ng men va Piklz kinoyulduzlariga aylandik. O'sha vaqtlarda angliyaliklar mendan ko'ra itimga ko'proq etibor berishardi. Biroq bu xafa bo'lishga arzimasdi", - o'shanda Deyv hissiyotlarini shunday tasvirlagandi. Uning uyi atrofida jurnalistlar to'dasi bosib ketdi. Korbett kuchugi bilan teleko'rsatuvlarda qatnashdi, hayotini o'zgartirib yuborgan o'sha lahzalar haqida ko'p gapirib berdi.
Hukumat vada qilgan 10 ming funtlik mukofot pulidan faqatgina 6 mingini berdi. Solishtirish uchun, JCHda zafar quchgan Angliya termasining har bir futbolchisi 1360 funtdan mukofot puli olgan. Kuchuk esa millat qahramoniga aylandi va hukumatning oltin medali bilan taqdirlandi. Kuchuk "Sovuq burunli ayg'oqchi" filmida ham qatnashdi.
Bu Jyul Rime kubogining hikoyasi edi. 1983 yilda Bu kubok Braziliyada o'g'irlab ketilgan va bir umrga yo'qolgan.
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar