So’nggi yangiliklar

16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  0 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  6 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3

Yilning eng sharmandali matbuot-anjumani qanday o'tdi? Yangiliklar

Yilning eng sharmandali matbuot-anjumani qanday o'tdi?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal jurnalistlar bilan suhbat chog'ida o'zini tutib tura olmadi. Kechagi matbuot-anjumanidagi uning so'zlari APL tarixidan joy oladi.

Kecha Manchester shahrida Lui Van Gal ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi. MYU murabbiyi jarohatlarganlar borasida qisqa izoh berdi. Hammasi shundan so'ng boshlandi.

"Men uchun juda qiziq, bu xonada mendan uzr so'rashi kerak bo'lgan odam bormi? Meni haydab yuborganlari haqida o'qidim yoki hamkasbim (Joze Mourino) mening o'rnimdami? Nima deb o'ylaysiz, bu borada ayolim va farzandlarim qanday fikrda? Yoki nevaralarim? Yoki "Manchester Yunayted" muxlislari? Yoki do'stlarim. Ular menga to'xtovsiz qo'ng'iroq qilishmoqda. Arsen Venger ham bir nimalar deyishga ulgurdi.


Hozir men jurnalistlar bilan suhbatlashishim kerak deb o'ylaysizmi? Premer-liga qoidalari shunday bo'lganligi uchun shu erda o'tiribman. Sizlar bilan suhbatlashishim kerak. Ammo sizlar mening so'zlarimni o'zingizga mos tarzda to'g'irlab olasiz.

Men futbolchilarga o'ziga ishonishni boshlashiga yordam bermoqchi bo'ldim. Ushbu haftada qo'limdan kelgan barcha ishni bajardim. Murabbiy va futbolchilar bilan vaziyatga baho berdik. Yangi yil tushligida so'zga chiqdim va Karringtonda (MYUning mashg'ulot bazasi) barcha meni qo'llab-quvvatladi.


Jurnalistlarda iliqlik ko'rmayapman. Endi nima deb yozishingizni tasavvur qilyapman. Biz og'ir vaziyatdamiz, ammo to'rt hafta oldin birinchi o'rinda edik va yana to'rt hafta o'tib etakchi bo'lib olishimiz mumkin. Sizlar faktlarga tayanishingiz kerak. Jurnalistlar faktlarga asoslanmay men haqimda yaxshi bo'lmagan narsalar yozadi, keyin esa menga Ed Vudvord, ser Aleks Fergyuson va Devid Gill qo'ng'iroq qiladi. Endi esa sizlarning savollaringizga javob berishim kerak. Bu ish bilan shug'ullanishni istamayman.

Etiborimni "Stok"ga qarshi o'yinga qaratganman. Yangi yilni yaxshi o'tkazing.

Vino va shirinliklardan rohatlaning" - deydi van Gal.

SHundan so'ng Lui van Gal savollarga javob berishdan bosh tortib, zalni tark etdi. Matbuot-anjumani besh daqiqadan kamroq davom etdi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика