Yilning eng omadsiz transferi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2019, 22:30
Goal nashri yilning eng omadsiz transferi qaysi futbolchi bo'lganini e'lon qildi.

Manba talqiniga ko'ra bu nom Rossiya terma jamoasi a'zosi  Aleksandr Golovin bo'lgani ma'lum bo'ldi. 23 yoshli xavbek o'tgan yoz Moskvaning SSKA klubidan 30 mln. evro evaziga Monakoga o'tgandi. U joriy mavsum klub libosida 34 bahsda qatnashib, 4ta gol urishga va yana shuncha samarali uzatmani o'z hisobiga yozib qoyishga erishgandi. Monako esa Fransiya chempionatida 17 o'rinni egalladi. 

Qayd etish joizki, nashr futbolchini Yevropada mavsumning eng omadsizi! Jahon chempionati kashfiyoti – 30 millionlik falokat, deya tariflagan holda uni 12 oy ichida terma jamoadagi yorqin o'yinlari eng qimmat rossiyalik sifatida Fransiya ko'chib o'tganidan keyin so'nganini bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com