Golovin: "Chalov "Monako"ga yordam bera olardi. Uni klubda ko'rishga tayyorman"

Omonjon To`xtamirzayev
15 dek 2023, 16:29
"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin SSKA hujumchisi Fyodor Chalovni Fransiya klubiga chaqirganligi haqidagi xabarga izoh berdi.

"Shahsan men Fedyani "Monako"da istalgan vaqt ko'rishga tayyorman. Ishonchim komil, u bizga yordam beradi (kuladi). Biroq, agar jiddiy gapiradigan bo'lsak, bu savolni boshqa odamga berganingiz maqul. Men uni Monakoga mehmonga chaqirishim mumkin, lekin gap jamoa haqida ketsa, klub rahbariyatidan so'ragan yaxshiroq. Biroq, Fedya "Monako"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlar borligining o'zi, u qanchalik o'sgani va sifatli futbolchi ekanligini isbotlaydi. Kun kelib ikkimiz Yevropaning biror klubida to'p tepishimiz mumkinmi, degan savolga 50ga 50 deb javob bergan bo'lardim. Balki o'ynarmiz, balki yo'q".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru