So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Yil o'yinida mag'lub bo'ldik yohud 12 ochkodan 6tasi ketdi Yangiliklar

Yil o'yinida mag'lub bo'ldik yohud 12 ochkodan 6tasi ketdi

Kechagi "Ertaga" nomli maqolamizda, hozirgina biz mag'lubiyatga uchragan o'yinning qiymati haqida to'xtalib o'tgan edik.

Eron, Janubiy Koreya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida 12 ochko mavjud bo'lib, shulardan hech bo'lmasa 7 ochko ishlasakgina to'g'ridan-to'g'ri JCHga chiqishishimizga ishonsak bo'lardi. Rost, hozir ham ishonamiz. Turnir jadvaliga qarasak umid bor, ammo o'yinlar taqvimiga qaraydigan bo'lsak...

6-tur. Suriya - O'zbekiston (Malayziya)

7-tur. O'zbekiston - Qatar

8-tur. Eron - O'zbekiston (Eron)

9-tur. Xitoy - O'zbekiston (Xitoy)

10-tur. O'zbekiston - Janubiy Koreya


Yil boshida ko'zimizga chiroyli ko'ringan bu taqvim, Obid Asomovning latifasidan bo'ldi. Haligi, nikoh haqidagisi bor edi-ku, "shoptoliqoqi"... CHiroyli kelinchak bir ozdan so'ng buvijonga aylanib qolgan. Huddi shunday taqvimning chiroyidan asar ham qolmadi.

Endi o'yinga to'xtalsak, tarkibda hech qanday o'zgarish bo'lmadi. Uni qiyinchiliksiz o'yindan oldin topa oldik. Jurnalist o'ylagan fikrga, koreyalik murabbiylarning murabbiylik salohiyatini qo'shsak, ular tarkibimizni topish qatorida, uni qanday qilib engish mumkinligi ham o'ylab qo'yganliklarini bahs davomida ko'rdik. Urgan golimiz, bu raqib posbonining xatosi. Bu erda Sergeev oxirigacha borib darvozabonni xato qilishga majbur qildi va Bikmaev mahorati evaziga hisobni ochdi. O'yin 1:1 bo'lib turgan paytga qadar ham ishlar chakki emas edi. Lekin o'yindagi o'zgarishlarda xatoliklar bo'ldi. Huddi bu tarkibni yo 90 daqiqa ushlash kerakdek. Lekin raqib murabbiyi yangi kuchlarni tashlab, o'yinni jonlantirayotganida, bu holatimizda himoyalanish qiyin ish edi. SHuning uchun Geynrix va Sohibov maydonga tushdi. Rashidovga esa hech qanday vaqt qolmagandi. O'yin statistikasiga qarang, to'p nazorati 73-27% Janubiy Koreya foydasiga. 

Birinchi gol himoyadagi parokandalik va darvozabonning gardanida, ikkinchisi ham. Tan olaylik, biz durangga rozi jamoa edik. SHuning uchun safardagi ikkinchi golga umid qilish, bugungi holatimizdan kelib chiqsak orzudan o'zginasi emasdi. 


Turnir jadvaliga qarasangiz ko'p narsani yo'qotmagandekmiz. Ammosi bor, ochko olishimiz kerak bo'lgan o'yinlarda hali biz bir ochko ham to'plamadik. Endi qo'limizga yana kalkulyator olamiz. 

Samvel Babayan borasida nima deyish mumkin. Ayni paytda bironta o'zbekistonlik murabbiy uni o'rnida bo'lishni istamaydi. Horijdan keladigan mutaxassis ham avvalo turnir jadvaliga qiyo boqadi va bu cikldan undan natija talab qilmasligini aytadi. SHunday ekan, Samvel Babayan saralash bosqichining so'nggi turiga qadar ishlashda davom etadi. Hozircha imkoniyat yo'q emas. JCHga chiqishni niyat qilgan holda, ikkinchi o'rin uchun imkoniyatni boy bergan kunimizdan boshlab 2022 yilni o'ylab tarkibni yangilab yuborish kerak. Balki o'shanda murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lar. Uchinchi o'rin va SHimoliy Amerikadagi raqib haqida orzu qilgandan ko'ra, hayotga real boqqanimiz maqulroq. Real hayot esa, Qosimov paytida ham aytganman, bugun ham yana bir bor takrorlayman, poydevor ustiga quriladi. Bu, bolalar futboli, birinchi liga, yoshlar ligasi va oliy liga. Ularga shifokor yordam bermasa, biz juranlistlar ojizmiz.

Eron - Suriya o'yinida kimga ishqibozlik qilishni ham bilmaysan kishi, Eron g'alaba qozonsa 4 ochkoga o'tib ketadi. Biz Tehronga safar qilamiz. Suriya g'alaba qozonsa, bizga yaqinlashib oladi, keyingi tur Malayziyada suriyaliklarga qarshi. 

Bir gapni ko'p bora aytaman, asabni saqlang, uni hech qanday yo'l bilan qaytarib ololmaysiz. Fikr qoldirishda, haqoratli so'zlarni ishlatmasligingizni, saytning keyingi faoliyati yo'lida iltimos qilamiz! 

Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: -79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика