O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bahslari Toshkentda o'tkaziladi
03 jan 2025 13:10
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bahslari Toshkentda o'tkaziladi
Jamoamiz joy olgan "C" guruhi bahslari joriy yilning 11-19 yanvar kunlari Toshkent shahridagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tkaziladi. Saralash natijalariga ko'ra, to'rt guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar va eng yaxshi bitta 3-o'rin sohibi 2025 yilning 7–18 may kunlari Xitoyda o'tkaziladigan qita musobaqasining final bosqichiga yo'l oladi. O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi saralash bosqichidagi ishtirokini 2-turdan boshlaydi.
2-tur
13 yanvar | 15:00
Filippin — O'zbekiston
3-tur
15 yanvar | 18:00
O'zbekiston — Kuvayt
4-tur
17 yanvar | 18:00
Avstraliya — O'zbekiston
5-tur
19 yanvar | 18:00
O'zbekiston — Turkmaniston
Malumot o'rnida, futzal bo'yicha ayollar Osiyo Kubogida dastlabki uch o'rinni egallagan jamoalar 2025 yilning noyabr – dekabr oylarida tarixda ilk bor tashkil etilayotgan futzal bo'yicha FIFA ayollar Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar