O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bahslari Toshkentda o'tkaziladi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025, 13:10
Farruh Zokirov boshqaruvidagi O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi yanvar oyida 2025 yilgi ayollar futzali bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Jamoamiz joy olgan "C" guruhi bahslari joriy yilning 11-19 yanvar kunlari Toshkent shahridagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tkaziladi. Saralash natijalariga ko'ra, to'rt guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar va eng yaxshi bitta 3-o'rin sohibi 2025 yilning 7–18 may kunlari Xitoyda o'tkaziladigan qita musobaqasining final bosqichiga yo'l oladi. O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi saralash bosqichidagi ishtirokini 2-turdan boshlaydi.


2-tur

13 yanvar | 15:00

Filippin - O'zbekiston 


3-tur

15 yanvar | 18:00 

O'zbekiston - Kuvayt


4-tur

17 yanvar | 18:00

Avstraliya - O'zbekiston 


5-tur

19 yanvar | 18:00

O'zbekiston - Turkmaniston


Ma'lumot o'rnida, futzal bo'yicha ayollar Osiyo Kubogida dastlabki uch o'rinni egallagan jamoalar 2025 yilning noyabr – dekabr oylarida tarixda ilk bor tashkil etilayotgan futzal bo'yicha FIFA ayollar Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати