"Andijon" yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi
03 jan 22:08
Yangiliklar
"Andijon" yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi
“Andijon” oldindan rejalashtirilganidek bugun yangi mavsum uchun tayyorgarlikka kirishdi.
Futbolchilar avvaliga tibbiy ko'rikdan o'tdi. Kechki payt esa klub qarorgohida bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov boshchiligida 2025 yildagi ilk mashg'ulot o'tkazildi.
Jamoamizga taklif etilgan va shartnoma imzolagan Doniyor Abdumannopov, Valijon Rahimov va Oleg Zoteev klub ixtiyoriga qo'shildilar.
SHuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ruminiyalik mutaxassis Augustin CHirica ham "Andijon"dagi ishini boshladi.
Selekciya ishlari davom etmoqda va bir qator mahalliy hamda legioner futbolchilar bilan muzokaralar olib borilyapti.
Eslatib o'tamiz, 5 yanvar kuni "Andijon" Tojikistonga jo'nab ketadi va mashg'ulotlar o'sha erda davom ettiriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar