Rasman: Zabihillo O'rinboev "Navbahor"ga qaytdi
03 jan 21:07
Yangiliklar
Rasman: Zabihillo O'rinboev "Navbahor"ga qaytdi
Mazkur futbolchi 1995 yil 30 mart kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida “Bunyodkor” (Toshkent, 2013-2016 yillar), “Olmaliq” (Olmaliq, 2017 yilning 1-davrasi), “Paxtakor” (Toshkent, 2017 yilning 2-davrasi, 2019 yil), “Navbahor” (Namangan, 2020-2021 yillar) va “Metallurg” (Bekobod, 2018, 2022-2024 yillar) jamoalarida to'p tepgan.
Zabihillo O'rinboev O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynagan, 2018 yildan milliy terma jamoamizga nomzod.
U O'zbekiston chempionligi hamda O'zbekiston kubogi (2013 yil) va superkubogini (2014 yil) qo'lga kiritgan, O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida 2018 yili Osiyo chempioni bo'lgan.
Zabihillo O'rinboev 3 yillik tanaffusdan so'ng "Navbahor" jamoasiga qaytdi.
O'rinboev bunga qadar ikki mavsum mobaynida "Navbahor" tarkibida harakat qilgan va 51 o'yinda qatnashib, 5 gol va 2 assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar