Yaya Ture o'zi to'p bilan zarba bergan 5 yoshli qizchaga futbolka sovg'a qildi
09 noy 2014 09:00
Yangiliklar

Yaya Ture o'zi to'p bilan zarba bergan 5 yoshli qizchaga futbolka sovg'a qildi
KPRga qarshi o'yinda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Turening zarbalaridan biri 5 yoshli qizchaga tegdi.
Xloe Pauer ismli qizaloq darvoza ortidagi tiribunada o'tirgandi. Qizig'i, 5 yoshli qizchada KPRning uy o'yinlariga kirish uchun 2 yillik abonement bor ekan.
Yaya Ture o'zi xafa qilib qo'ygan qizchaga "kechir" deb yozilgan futbolkasini sovg'a qildi. KPR vakili ham unga klub futbolkalaridan birini hadya qildi.
"To'p tekkan qizchaga hech nima bo'lmaganidan xursandman. Juda ham tashvishda edim", - deb yozadi Yaya Ture tvitterdagi o'z sahifasida.

Fikrlar