Yaya Ture: “Gvardiola unga qo'yilgan asosiy vazifani uddalay olmayapti”
20 avg 2020 19:55
Yangiliklar


Yaya Ture: “Gvardiola unga qo'yilgan asosiy vazifani uddalay olmayapti”
“Manchester Siti”ning sobiq azosi Yaya Turi klub ustozi Pep Gvardiola haqida fikr bildirdi.
“Murabbiyni CHempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritish uchun taklif qilishdi. “Liverpul” va ushbu titulni yutgan boshqa jamoalarning transfer bozorida u qadar faol bo'lmaganini ko'rasiz, bu g'alati va hayron qoldiradi. Ayni vaqt Gvardiola unga qo'yilgan asosiy vazifani uddalay olmayapti.
Xosep ajoyib murabbiy ekanligini hamma biladi. Biroq, ishlar ko'ngildagidek bo'lmaganidan keyin bazida ishlash uslubini o'zgartirishingiz kerak bo'ladi. Kuzatamiz”, deydi Ture.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar