Yaya Ture: "2017 yil "Manchester Siti" yili bo'ladi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2017, 17:12
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture Angliya Kubogi 1/16 final bosqichi uchrashuvida "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Raqibimiz kuchli edi, ammo biz "Tottenxem" bilan bo'lgan durangdan so'ng, g'alaba qozonishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda o'yinni boshqardik. Uchrashuvning ikkinchi qismida ular bir nechta vaziyat yaratishdi, ammo biz bahs natijasini hal qilib qo'ydik.

Bu bizning yil bo'ladi deb umid qilaman. Mavsumning ikkinchi qismini ideal o'tkazishimiz kerak. Har bir uchrashuvda oxirigacha kurashish lozim" - deydi Ture.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com