Yaxshiboevga Kievning "Dinamo" klubi qiziqish bildirmoqda
14 sen 2020 13:16
Yangiliklar
Yaxshiboevga Kievning "Dinamo" klubi qiziqish bildirmoqda
"SHaxtyor" (Soligorsk) forvardi Jasurbek Yaxshiboev Kievning "Dinamo" klubi qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
23 yoshli o'yinchi ayni damda soligorskliklar safida ijara asosida to'p tepmoqda, uning transfer huquqi "Paxtakor"ga tegishli. Uning ijara muddati yil so'nggida yakuniga etadi.
"Dinamo" o'yinchini kuzatishni rejalashtirmoqda va uning transferi kelasi yozda amalga oshishi mumkin. Bu haqda footballgazeta.com xabar bermoqda.
Hamyurtimiz ayni damda Belarus chempionati doirasida 13ta gol urgan holda to'purarlar jadvalini boshqarmoqda, Yaxshiboevning hisobida shuningdek 4ta assist ham bor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar