So’nggi yangiliklar

19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  1 19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Оқ-тепа", "Навбаҳор" – "ФарДУ"  0 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  2 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   13 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  25 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  4 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  6 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  3 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   24

Yaxshi chopa olmayotgan "tulporlar" yoxud Nagelsmann bilan birga ishlagan "Turon" yangi bosh murabbiyi haqida Yangiliklar

Yaxshi chopa olmayotgan "tulporlar" yoxud Nagelsmann bilan birga ishlagan "Turon" yangi bosh murabbiyi haqida

Ushbu mavsum yana "elita"ga qaytgan "Turon" mavsum oldidan katta o'zgarishlarga qo'l urdi va yangi mavsumda jamoa o'ziga kelib oladigandek tuyulgan edi.

Lekin jamoa mavsumni o'ta omadsiz tarzda boshladi va turnir jadvalida 13-pog'onani egallab turibdi. 

Jamoa yaqinda murabbiyini o'zgartirdi. Ko'ramiz, Yaypan jamoasi endi keyingi uchrashuvlarini qanday o'tkazarkan.

Natijalar

"Turon" mavsumni yaxshi boshlay olmadi. Jamoa birinchi turda o'z o'yida teng raqib va joriy mavsum Superligaga qaytgan "Buxoro"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkinchi turda Qarshining "Nasaf" klubi mehmoni bo'lgan yaypanliklar so'ngi daqiqada gol o'tkazib yuborib, durangni qo'ldan bor berishgandi. Uchinchi va to'rtinchi tur bahslarida esa "Surxon" va "Bunyodkor"ga qarshi kechgan uchrashuvlarda durang qayd etildi – 1:1 va 0:0 hisoblarida. 5-turda esa Yaypan jamoasi o'z o'yida "Olimpik"ka kichik 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi va shu uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov istefoga chiqarildi. Oltinchi turda esa "Farg'ona derbisi" bo'lib o'tdi va unda "Turon" so'ngi daqiqalarda yosh futbolchi Abega Enyang Nguning goli evaziga bir ochkoni qo'lga kiritdi.


1-tur

05.03.2023

"Turon" 1:2 "Buxoro"

Gollar: Humoyunmirzo Iminov 30',  Anri CHichinadze 47', Temur Ismoilov 80'


2-tur

12.05.2023

"Nasaf" 2:1 "Turon"

Gollar: Quvondiq Ro'ziev 31', Javohir Sidiqov penalti 45+5', Husniddin Aliqulov 90+9'


3-tur

19.03.2023

"Turon" 1:1 "Surxon"

Gollar: SHohnazar Norbekov 39', Tamirlan Jamalutdinov penalti 88'


4-tur

02.04.2023

"Bunyodkor" 0:0 "Turon"


5-tur

07.04.2023

"Turon" 0:1 "Olimpik"

Gol: Anri CHichinadze avtogol 61'


6-tur

17.04.2023

"Neftchi" 1:1 "Turon"

Gollar: Ulug'bek Hoshimov 50' Abega Enyang Ngu 90'


Uslub va muammolar

"Turon" jamoasi ko'p autsayder jamoalarga xos ravishda raqib o'yiniga qarshi taktika qo'llaydi va ko'pincha raqibga to'p nazoratini topshiradi. "Turon" doim qarshi hujumga tayangan holda o'ynamoqda. Tajribali o'yinchilar va yosh futbolchilar o'rtasidagi tafovut yaqqol ko'zga tashlanib qolmoqda va bu jamoaga zarariga ishlayotgani, shubhasiz. Jamoaning muvaffaqiyatsiz o'yin namoyish etayotganiga ko'proq uslub emas, futbolchilar va ularning maydondagi harakatlari sabab bo'lmoqda, mening fikrimcha. Sababi "Buxoro"ga qarshi kechgan uchrashuvda yaypanliklar darvozaboni Rahimjon Davronov chamasi 20 metrlardan yo'llangan zarbani qaytara olmay, o'z darvozasiga kiritib yuborgan edi va ushbu gol "Buxoro"ga dastlabki 3 ochkoni taqdim etdi. Uchrashuvdan so'ng "Turon" sobiq bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ushbu so'zlarni aytgan edi:

"To'g'risi, shuncha ko'rgan tayyorgarligimiz, amalga oshirgan selekciyamiz, rahbarlar va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi – hammasini birgina o'yin "yuvib yubordi". Afsuski, buni juda ham uyatli mag'lubiyat deb tariflasa bo'ladi. Bugun eng yomon uchrashuvimizni o'tkazdik".

"Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuvda ham so'ngi daqiqada burchak to'pidan gol o'tkazib yuborishdi va yana mag'lubiyatga uchraldi. Keyingi uchrashuvda ham shunday holat, "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvda ham jamoa hisobda oldinda borayotgan chog'ida g'alabani qo'ldan chiqardi. Uchrashuv yakunlanishiga besh daqiqa qolganida Azamjon Aliev o'z jarima maydonchasida Silvanus Nimelini yiqitdi va uchrashuv bosh hakami 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Jamalutdinov gol urdi va hisob – 1:1. Uchrashuv shu hisobda yakunlandi. "Turon"ning eng katta muammolaridan biri hisobni ushlab qola olmaslikdir.


Yangi murabbiy

U kim va qaerda faoliyat olib borgan?

18 aprel kuni "Turon" klubi rahbariyati yangi murabbiy bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berdi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi rossiyalik mutaxassis – Denis Bushuev. 41 yoshli rossiyalik murabbiy "Turon" bosh murabbiyi etib tayinlanguniga qadar Rossiya va Germaniyaning qo'yi ligalarida faoliyat olib borgan. Murabbiylik faoliyatidagi birinchi ish joyi "Myunxen-1860" klubi bo'lgan va Germaniyaning ushbu klubida avvaliga bosh murabbiy yordamchisi va keyinchalik qisqa vaqt davomida bosh murabbiy bo'lib ishlagan. Bushuev "Myunxen-1860" klubining barcha toifadagi jamoalari bilan ishlagan va "Myunxen-1860" klubining U-17 jamoasida murabbiy bo'lgan payti, uning assistenti Yulian Nagelsmann bo'lgan. Ha, jahon futbolidagi eng yosh murabbiylardan biri va "Bavariya" sobiq ustozi – Yulian Nagelsmann. 

2018 yili Rossiya U-17 terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil o'rtasida Rossiya Ikkinchi ligasi vakili "Leningradec" jamoasini boshqargan va jami 26 ta uchrashuvda 14 ta g'alaba, 6 ta durang va 6 ta mag'lubiyat qayd etgan. 2021-2022 yillar oralig'ida o'sha vaqti Birinchi ligada to'p tepayotgan va joriy mavsum MFLga ko'tarilgan "Veles" jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan va 9 ta uchrashuvda 4 ta g'alaba, 2 ta durang va 3 ta mag'lubiyatga erishgan. 


Sport24.ru saytiga bergan intervyusida Bushuev Nagelsmann haqida quyidagilarni bildirdi.

- O'sha vaqtlarda sizning assistentingiz Yulian Nagelsmann bo'lgan, to'g'rimi?

- Ha, u menga o'xshab, futboldagi faoliyatini erta tugatdi va unga klub tizimida ish boshladi. Murabbiylikdagi birinchi qadamlarini tashlayotgan chog'ida Nagelsmann kelajakda katta murabbiy bo'lishiga ishonish qiyin edi. U hatto yarim "stavka" ishlar va futbolga to'liq kirishmagan edi. Murabbiylik u uchun ko'proq futbol bilan aloqani yo'qotmaslik uchun bo'lgan harakat edi, o'sha pallalarda va u hatto murabbiylikni tashlab, sport-menedment sohasida o'qishga bor etiborini qaratmoqchi edi. O'sha yillari, kimdir menga kelajakda Yulian "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida Bundesligani yutadi deyishganda, "sizlar aqldan ozdingizmi?", degan bo'lar edim.


Bo'lajak uchrashuv

"Turon" navbatdagi uchrashuvini o'z o'yida musobaqa favoritlaridan biri "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi. O'yinda Babayan shogirdlari favorit va "Turon"ning imkoniyatlari ancha past, lekin yangi murabbiy boshchiligidagi "Turon" sensaciya qayd etishga harakat qilib ko'radi.



Imkoniyatlar: 35% – 65%, "Navbahor" foydasiga.

"Turon"ning Namangan klubiga qarshi to'qnashuvdan keyingi keyingi raqiblari – "Metallurg", "Paxtakor" va "So'g'diyona". Amaldagi chempionga qarshi imkoniyatlar ancha kam baholanayotgan bo'lsa-da, yaypanliklar mavsumni yomon o'tkazayotgan ikki jamoa "Metallurg" va "So'g'diyona"ga qarshi o'yinlarda ochko tortib olishlari mumkin.


Abdulvosit tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика