So’nggi yangiliklar

14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  3 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2

"Yashnobod" jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi Yangiliklar

"Yashnobod" jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

Teglar :  Yashnobod
Futbol bo'yicha O'zbekiston XXVIII milliy chempionati “V” PRO liga debyutanti “Yashnobod” jamoasi azolari ayni paytda poytaxt viloyatining G'azalkent tumanidagi “FIZIOMED” sog'lomlashtirish oromgohida yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tuzilgan futbol klubi azolari chempionat va O'zbekiston kubogi doirasidagi uchrashuvlarni ko'tarinki ruhda o'tkazishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yishgan. Hozirda jamoa murabbiylar shtabi asosiy etiborni futbolchilarning jismoniy tiklanishiga qaratishgan. SHu bois kuniga ikki mahalda mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Unda yigirma besh nafar futbolchi ishtirok etyapti.

Kuni kecha “Yashnobod” futbol jamoasi murabbiylari va futbolchilari Oqtoshdagi Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyiga qarashli “Nur” dala hovlisiga tashrif buyurdi. Mazkur so'lim va bahavo maskanda ayni paytda 105 nafar o'g'il-qiz hordiq chiqarmoqda.

“Yashnobod” futbol klubi azolarini Feruza Usmonxo'jaeva rahbarligidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachilari hamda o'g'il-qizlar kutib olishdi.

Samimiy va do'stona ruhda kechgan muloqotda “Yashnobod” futbol klubi rahbariyati va futbolchilari o'z faoliyatlari, kelgusi rejalari haqida tarbiyalanuvchilar bilan o'rtoqlashdilar.

Tadbir bahonasida “V” PRO liga va O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi ishtirokchisi “Yashnobod” futbolchilari hamda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida mini futbol bo'yicha o'rtoqlik o'yini uyushtirildi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 9:9 hisobi qayd etildi. Natijada g'olib nomi penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. Unda omad mezbonlarga kulib boqdi — 9:8.

— “Yashnobod” jamoasi va ularning chempionatdagi ishtiroki haqida eshitganmiz, ularning O'zbekiston kubogi uchrashuvida super liganing “Dinamo” futbolchilarini mag'lubiyatga uchratganini televizor orqali ko'rib juda quvongandik, — deydi tarbiyalanuvchilardan biri Vladik. — Ammo ularning biz bilan bugungi uchrashuvini kutmagandik. Professional futbol klub vakillarining mehmonimiz bo'lgani bizni rosa xursand qildi. Ularga qarshi o'tgan o'yinda gol ham kiritganim menga o'zgacha zavq bag'ishladi. “Yashnobod” futbolchilarining qimmatli vaqtlarini ayamasdan oromgohimizga tashrif buyurishgani uchun katta rahmat! Biz do'stlarimiz bilan birgalikda ularga albatta muxlislik qilishda davom etamiz va “Yashnobod”ga omad tilaymiz.

O'rtoqlik uchrashuvidan so'ng, jamoalar birgalikda do'stona esdalik uchun suratlarga tushishdi. Bolajonlar uchun ozgina bo'lsa-da xushkayfiyat ulashgan yashnobodliklar o'zlari uchun yangi muxlislar topganidan xursand holda oromgohni tark etdilar.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика