“Yashnobod” futbolchilari “Igilik” (Qozog'iston) jamoasini yirik hisobda engdi

Alisher
11 mar 2020, 10:37
Shu kunlarda yangi mavsumga qizg'in hozirlik ko'rayotgan “Yashnobod” futbolchilari navbatdagi sinov nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Yashnobodliklarning bu galgi raqibi Qozog'iston Respublikasining “Igilik” jamoasi bo'ldi.

O'FA sun'iy qoplamali maydonida kechgan bahsda Azizjon Fayziev shogirdlari yirik - 6:1 hisobida zafar quchdi. Gollarni yashnobodliklardan Bekzod Ahmedov (ikkita), Amirjon Fayziev, Azamat Boymatov, Muslim Qurbonov hamda Muhammad Laziz Omonalievlar kiritdi.


Yashnobod tuman hokimligi

Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia