“Yashnobod” futbolchilari mashg'ulotlarni boshladilar

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2020, 18:59
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionati “V” PRO liga vakili Toshkentning “Yashnobod” jamoasi a'zolari yangi mavsumga hozirlikni boshladilar.

Azizjon Fayziev bosh murabbiyligida mashg'ulotlar kuniga ikki mahal Yashnobod tumanidagi 198-sonli umumiy o'rta talim maktabi sun'iy qoplamali stadionida olib borilmoqda.

- Jamoamiz o'z oldiga yosh va iqtidorli futbolchilarni tarbiyalashni maqsad qilib qo'ygan, - deydi “Yashnobod” futbol klubi bosh murabbiyi.

- O'tgan yili debyut mavsumida jamoamiz a'zolari muxlis va mutaxassislarda yomon taassurot qoldirishmadi. Yangi mavsumda ham ko'proq e'tiborni yoshlarga qaratamiz. Hozir mashg'ulotlarimizda yigirma besh nafar futbolchi ishtirok etmoqda.

“Yashnobod” professional futbol klubi prezidenti, tuman hokimi Xojiakbar Tillashayxovning takidlashicha, ayni paytda jamoa uchun yangi avtobus xarid qilish uchun buyurtma berilgan. Shuningdek, futbol klubi uchun zamonaviy qarorgoh qurilishi boshlanish arafasida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: yashnobodnews.uz