Yaroslav Krushelnickiy jamoasi kubok finalida engildi
08 iyu 2014 10:04
Yangiliklar
Yaroslav Krushelnickiy jamoasi kubok finalida engildi
Xabaringiz bor, joriy futbol mavsumida o'zbekistonlik ikki o'yinchi Malayziya chempionatida to'p surishyapti.
“Paxtakor”ning sobiq tayanch yarim himoyachisi Dilshod SHarofetdinov superliganing “Saym Darbi” jamoasi sharafini himoya qilayotgan bo'lsa, 31 yoshli markaziy yarim himoyachi Yaroslav Krushelnickiy qishda “SHo'rtan”dan premer-liganing “Felda Yunayted” klubiga ko'chib o'tgandi.
Kecha, 7 iyun kuni “Felda Yunayted” Malayziya futbol associaciyasi kubogi finalida yuqori liga vakili “Paxang” bilan to'qnash keldi. Hamyurtimiz jamoasi uzoq vaqt davomida 1:0 hisobida oldinda yurishiga qaramay, yakunda baribir mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi. Uchrashuvda Krushelnickiy to'liq ishtirok etdi.
“FYU” 15-daqiqada hisobni ochgan edi. Ammo o'yinning eng oxirida ustunlikni boy berib qo'ydi va alamli mag'lubiyatga uchradi. Raqiblardan 80- va 90-daqiqalarda ikki gol o'tkazib yubordi.
SHu tariqa, OFK kubogi-2015ga beriladigan yo'llanmani “Paxang” ilib ketdi.
Ulug'bek Mirzaev

Fikrlar