Yarmolenko va CHicharito kelasi mavsum "Vest Xem"da yangi raqam ostida to'p surishadi
10 iyu 2019 17:24
Yangiliklar


Yarmolenko va CHicharito kelasi mavsum "Vest Xem"da yangi raqam ostida to'p surishadi
Angliyaning "Vest Xem" klubi hujumchilari 2019/20 yilgi mavsumdan boshqa raqamlarda to'p surishadi.
Meksikalik Xaver Ernandes kelasi mavsum "Vest Xem"da 9-raqam ostida to'p suradi. CHicharito bu raqamni yozda erkin agent sifatida ketishi aniq bo'lgan Endi Kerrolldan so'ng qabul qilib oldi. Hujumchining o'zi oldin 17-raqamda o'ynayotgan edi.
SHu o'rinda, ingliz jamoasining ukrainalik futbolchisi Andrey Yarmolenko ham o'z raqamini o'zgartirdi. Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq o'yinchisi bundan buyon 7-raqamda harakat qiladi. Bu raqamning oldingi egasi "SHanxay SIPG"ga yo'l olgan Marko Arnautovich edi.
"Vest Xem" yakunlangan mavsum Angliya chempionatini 10-o'rinda yakunladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar