Yaqindagina qamoqdan chiqqan Mamaev SHomurodovning jamoadoshiga aylanadi
27 sen 2019 17:47
Yangiliklar
Yaqindagina qamoqdan chiqqan Mamaev SHomurodovning jamoadoshiga aylanadi
Yarim himoyachi Pavel Mamaev tez orada "Rostov"ga o'tadi.
Koloniyani tark etgan futbolchi rostovliklar bilan "2+1" ko'rinishidagi shartnoma imzolashga yaqin.
Muzokaralar hozirda yakunlovchi bosqichga kelgan. Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan ham o'tishi mumkin.
Oldinroq, Mamaev "Krasnodar" bilan shartnomasini bekor qilgan edi. 30 yoshli futbolchi "Dinamo" bilan ham muzokaralar olib borgan edi.
Mamaev faoliyati davomida "Krasnodar"dan tashqari "Torpedo" va CSKA klublarida o'ynagan.
Fikrlar