Yaponlar mehrini qozongan o'zbek futbolchisi! (Fozil Musaev bilan suhbat)
02 jan 2018 12:11
Yangiliklar
Yaponlar mehrini qozongan o'zbek futbolchisi! (Fozil Musaev bilan suhbat)
Aytish joizki, ilk o'zbek futbolchisi kunchiqar yurt mamlakatining chempionatida ishtirok etdi. Iqtidorli yarim himoyachi “Jubilo Ivata”ning asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi va u barqaror o'yin namoyish eta oldi. Imkon qadar uning Yaponiyadagi faoliyati bilan qiziqib turdik. Quvonarlisi, Fozil yaponiyaliklarning mehrini tezda qozondi. Mavsum yakunlangach, uyiga qaytgan futbolchi bilan bog'lanishga harakat qildik va u biz uchun vaqt ajratdi.
- “Jubilo Ivata” mavsumni 6-o'rinda yakunladi. Siz 31 uchrashuvda maydonga tushib 4ta gol urdingiz. Yaponiyadan qanday taassurotlar bilan qaytdingiz?
- Hammasi ajoyib. Taassurotlarim yaxshi bo'ldi. Albatta, hamma joyda ham boshida moslashish qiyin kechadi. Baribir boshqa mamlakat va boshqa odat... Vaqt o'tgan sari u erga ko'nikdim. Men uchun hammasi yaxshi bshhldi, xavotirga o'rin yo'q.
- U erda muhit ham boshqacha bo'lsa kerak-a?
- Qanaqa muhit?
- Futbol muhitini nazarda tutyapman.
- Ha, albatta. Bu borada hammasi ajoyib. Futbolga bo'lgan etibor, yaratilgan sharoit, qo'yingki, hamma-hammasi alo darajada.
- Jamoangiz qayd etgan natija maqsad bajarilganini bildiradimi yoki bunday emasmi?
- Yo'q, hammasi joyida. Biz Osiyo CHempionlar ligasiga yo'llanma beruvchi o'rinlarga kirib olishga harakat qilgandik. Lekin bunday bo'lmadi. Ammo jamoamiz yomon natija ko'rsatgani yo'q. Harqalay rahbariyat va muxlislar bizdan qoniqish hosil qilishdi.
- Yaponiya chempionatida to'p tepgan birinchi o'zbek futbolchisi bo'ldingiz. Qolaversa, barqaror o'yin ko'rsatdingiz. Yaponiyada bunday ko'rsatkich bilan harakat qilish oson emas. Ayting-chi, u erda futbolchilardan nima talab qilinadi? Yaponiya chempionatida asosiy etibor nimaga qaratiladi?
- Ularda texnik va taktik futbolga talab kuchli ekan. To'g'ri, yaponlar jismoniy tayyorgarlikka ham etibor qaratishni unutishmaydi. Agar o'zimizdagi mashg'ulotlar bilan solishtirsak u erda hammasi boshqacha. Yaponiyadagi mashg'ulotlar asosan yangicha uslubda, Evropa muhitidagi talablar asosida bajariladi. Ular texnik va taktik tayyorgarlikka qarab futbolchining jismoniy holatini oshirib borishadi.
- Sizning Yaponiya chempionatiga moslashib ketishingizda birinchi navbatda nima yordam berdi?
- Klubdagilarning menga bo'lgan etibori. U erdagi hamma – rahbarlar, murabbiylar, futbolchilar, ishchi-xodimlar, umuman barcha menga hurmat bilan qarashdi. “Jubilo Ivata” klubida ichki muhit alo darajada. Bu ham mening tezroq moslashishimga katta turtki bo'ldi.
- Jamoa bosh murabbiyi Xiroshi Nanami, o'z vaqtida mashhur futbolchi bo'lgan. Yaponiya terma jamoasidagi o'yinlari orqali ham muxlislarimizga yaxshi tanish edi. Unga qanday tarif berasiz?
- Haqiqatan ham uning kuchli murabbiy ekanligi bilinadi. O'z vaqtida taniqli futbolchi bo'lgani ham ish jarayonida sezilib turadi. Nanamining texnik va taktik futbol bo'yicha ham bilimlari yuqori darajada. SHuningdek, u kim bo'lishidan qatiy nazar, hammaga bir xil munosabatda bo'ladi. Kerak paytda xazillashadi, kerak paytda jiddiylashadi. Qisqasi, uni ajoyib murabbiy deb bilaman.
- Yapon tilini o'rganib oldingizmi?
- SHeriklarim bilan inglizchada gaplashaman. CHunki menda shu til bo'yicha tarjimon bor. Ammo yapon tilini oz-moz bo'lsa-da, o'zlashtirib oldim. Yanada yaxshiroq o'rganish niyatim bor. SHaxsiy o'qituvchi yollab bo'lsa ham yapon tilini o'rganmoqchiman. Buning uchun menga yordam beradigan 5-6ta do'stlarim ham bor.
- Rosti, sizning Yaponiyaga ketishingiz kutilmagan yangilik bo'lgandi. Ularning taklifini qabul qilish tavakkalchilikmidi yoki qatiy ishonch?
- Yo'q, nega tavakkal qilaman? Qaerga ketayotganimni bilardim, Yaponiya chempionatining kuchli ekanligidan ham xabarim bor edi. Yana nimaga tavakkal qilishim kerak?
- Har holda yangi muhit, yangi chempionat. Umuman olganda, bu siz uchun yangi chaqiriq edi.
- Sizni tushundim. Ammo bu men uchun tavakkal emasdi. O'zimga bo'lgan ishonchim katta edi. Qolaversa, men birinchi marta legioner bo'lib o'ynayotganim yo'q. Bungacha Eron chempionatida to'p surganman. Yaponiya chempionatida ham o'zimni sinab ko'rish niyatim bor edi.
- Yaponiyadagi bir yillik faoliyatingizdan keyin oldingi va bugungi Fozil Musaev o'rtasida qanday farq bor?
- Bilmadim. O'zimga o'zim bir nima deya olmasam kerak. O'sha erda o'yinimni ko'rganlar gapirsa yaxshi bo'ladi.
- Ularda futbolga yondashuv qanday ekan?
- O'zimda yo'q narsani ulardan o'rgandim. Yaponiyada futbolni sevishadi va doim jiddiy qarashadi.
- Keyingi yili ham u erda faoliyatinni davom ettirasizmi?
- Ha, shunday. Klub bilan yana bir yillik shartnomam bor.
- Yaponlar sizning o'yiningizni ko'rgach, endi boshqa o'zbekistonlik futbolchilarni ham kuzatayotgan bo'lishlari mumkin. Mabodo qaysidir o'yinchimizda bunday imkoniyat paydo bo'lib qolsa, avvalo o'zbekistonlik futbolchi nimalarga etibor qaratishi kerak?
- Yaponiyaliklar legioner olayotganda uni har tomonlama o'ta sinchkovlik bilan tekshirishadi. Futbolchining o'yin uslubi barqarormi, o'zlarining o'yiniga mos tushadimi, jamoaga kelgach burilish qila oladimi, agar barcha talablariga mos kelsa, uni albatta chaqirishadi. Bunday vaziyatda hamma narsa futbolchining o'ziga bog'liq.
- O'zbekistonlik qaysidir futbolchini Yaponiya chempionatida o'ynab keta oladi deb ayta olasizmi?
- Bilmadim. Kimnidir alohida ayta olmasam kerak. Albatta, hamyurtim Yaponiyaga kelib o'ynasa o'ziga ham, menga ham yaxshi. Baribir barchasi uning o'ziga bog'liq. Bu erda zo'r o'ynayotgan futbolchi u erga borganda o'z o'yinini yo'qotib qo'yishi mumkin. Balki bu erda unga muhit yoki boshqa narsa yoqmasligi ham mumkin. Legioner bo'lib o'ynash juda qiyin.
- Yaponiyadagi hayotga ko'nikishda taomlardan qiynalmadingizmi?
- Taomlari masalasida hech qanday muammo bo'lmadi. Ularning ovqatlari juda mazali, menga rosa yoqdi.
- "Kunchiqar yurt" mamlakatidagi faoliyatingiz davomida o'zingiz uchun yodda qolarli o'yinlar bo'ldimi?
- “Kavasaki Frontale”ni 5:2 hisobida yutgan o'yinimiz yoqimli taassurot qoldirdi. Bundan tashqari, “Urava Reds” bilan bo'lib o'tgan uchrashuv ham ajoyib kechdi. Yaponiyada birinchi golimni “SHimicu” darvozasiga kiritdim. O'sha o'yin ham yodimda saqlanib qoldi.
- Yaponiyada futbolga etibor mahalliy matbuot tomonidan ham kuchli, to'g'rimi?
- Ha, OAVning etibori juda yuqori. Har bir o'yinga kamida 30-40 nafar jurnalist va yana shuncha fotomuxbirlar kelishadi. Haqiqatan ham Yaponiyada matbuotning o'rni katta. Oddiy misol, jamoamizning har bir mashg'ulotiga kamida 6-7ta jurnalist keladi. Bu har kuni sodir bo'ladi va har bir mashg'ulotimizdan keyin jurnalistlar istalgan futbolchidan o'zlarini qiziqtirgan savolga javob olishadi, intervyular uyushtirishadi.
- Yaponiyadagi hayotingiz davomida sizni nima hayron qoldirdi?
- Masalan, odamlarning bir-biriga bo'lgan hurmati. Ularda bunday jarayon juda kuchli. Aslini olganda, meni hayron qoldirgan narsalar juda ko'p bo'ldi. Lekin har birini birma-bir aytib bera olmasam kerak. Albatta, faoliyatim davomida o'zim uchun ko'p yangilik oldim va hatto, hayotiy tomonlama ham ancha narsani o'rgandim deb ayta olaman. Yaponiyada o'zim uchun mutlaqo keraksiz bo'lgan narsalarni ko'rmadim. Ularni har tomonlama namuna sifatida ko'rsatsak arziydi.
- U erda o'ynayotganingizdan beri o'zbek futboliga bo'lgan etiboringiz susayib qolmadimi?
- “Championat.asia” sayti orqali doimo o'zbek futbolidagi yangiliklardan xabardor bo'lib turdim. Onlayn orqali oliy liga o'yinlarini kuzatib bordim.
- O'zbek futbolida oxirgi paytlarda katta o'zgarishlar bo'lyapti. Bunga sizning munosabatingiz qanday?
- Bir nima deya olmayman. Agar sodir bo'layotgan ishlar futbolimiz uchun yaxshilik olib kirsa, bundan albatta xursand bo'laman. Lekin men ham har bir o'zgarishni kuzatib boryapman.
- Kun tartibidagi muhim masalalardan biri milliy terma jamoamizga bosh murabbiyni tayinlashdir. Bu borada sizning munosabatingiz qanday?
- Tabiiyki, bizga kuchli saviyadagi xorijlik murabbiy kerak. Ammo nomzodlar haqida bir nima deya olmayman. Ular haqiqatan nomzodmi yoki yo'qmi, buniyam bilmayman. Bizga taktik jihatdan, umuman, har tomonlama kuchli murabbiy kerak.
- Har kim o'zi uchun o'tgan yilni sarhisob qiladi. Fozil Musaev uchun 2017 yil qanday o'tdi?
- Klub miqyosida oladigan bo'lsam, hammasi yaxshi kechdi. Ammo milliy terma jamoa masalasida bunday deya olmayman.
- Darhaqiqat, terma jamoamiz jahon chempionati yo'llanmasidan chetda qoldi. Sizni ham rasmiy o'yinlarga chaqirishdi, ammo har safar zaxirada qolib ketaverdingiz. Bu holat xafa qildimi?
- Ha, qaysidir manoda meni ham xafa qildi. Nima uchun maydonga tushirishmadi, bilmayman. Agar jamoamiz jahon chempionatiga chiqqanida ham mayli edi. Afsuski, jahon chempionatiga yaqin kelgan joyimizdan uzoqlashib ketdik. Albatta, bu vaziyatda futbolchi sifatida o'zim uchun xulosalar chiqardim.
- Bizga ham qiziq, ayting-chi, aynan qanday xulosalarga ega bo'ldingiz?
- O'z xulosalarimni sizga aniq ayta olmasam kerak. Ko'rdingiz-ku, oxirida bizga nimadir etmay qoldi. O'zi doim shunaqa bo'ladi. Fikrimcha, bizga xorijlik murabbiy kerak.
- Yaponiyaga qachon qaytasiz?
- 14 yanvarda uchib ketaman. Jamoamiz bilan tayyorgarlikka kirishamiz.
- Yaponiya chempionati saviyasi o'sib borishida ko'proq nimalar asosiy turtki bo'lyapti?
- O'zlarining o'yinchilari kuchli. Qolaversa, Yaponiya chempionatiga kuchli legionerlar keladi. Futbolga bo'lgan etibor, sharoit, umuman mana shunday narsalar tufayli ular ancha rivojlangan. SHuningdek, klublarda ishlayotgan murabbiylar ham o'z vazifasini juda yaxshi bajarishadi. Futbolchilarga qanday ko'rsatma berishni ham bilishadi.
- Agar solishtirgan bo'lsangiz, bizning chempionat ularnikidan qay darajada orqada deb o'ylaysiz?
- O'zimizning chempionatni yomon yoki orqada qolib ketgan degan fikrlarni aytmoqchi emasman. SHunchaki biz ulardan ko'p narsa o'rganishimiz mumkin. Stadionlar, muxlislar, sharoitlar, umuman ko'p jihatlar bo'yicha o'rgansa bo'ladi. Lekin bizda ham ijobiy o'zgarishlar boshlandi deb umid qilaman.
Firdavsxon suhbatlashdi.
"Futbol Ekspress" gazetasi
Fikrlar