So’nggi yangiliklar

14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  2 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  1 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  0 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  10 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  1 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   8 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  2 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  44

Yaponiyaning qaysi jihatlariga etibor berishimiz kerak? Yangiliklar

Yaponiyaning qaysi jihatlariga etibor berishimiz kerak?

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-turidagi raqibi Yaponiya bo'ladi. Ushbu bahsdan oldin raqibimizning turnirdagi avvalgi o'yinlarini tahlil qilishga va ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini ochib berishga urindik.

Yaponiya - Turkmaniston

Japan

Yuya Osako - 56', Yuya Osako - 60', Ritsu Doan - 71'

Asian Cup Grp. F . 1-tur

09/01/2019, 16:00

2
:
3
Tugadi

Turkmenistan

Arslanmyrat Amanov - 26', Ahmet Atayev - 79'

Stadion: Al Nahyan Stadium, 5725 tomoshabin

Bosh hakam: Alireza Faghani

45'
90'
33'  Hiroki Sakai
56'  Yuya Osako
56'  Genki Haraguchi
60'  Yuya Osako
60'  Yuto Nagatomo
71'  Ritsu Doan
71'  Takumi Minamino
73'  Takumi Minamino (Koya Kitagawa)
78'  Shuichi Gonda
26'  Arslanmyrat Amanov
26'  Ruslan Mingazov
59'  Vakhyt Orazsahedov (Altymurad Annadurdiyev)
69'  Arslanmyrat Amanov (Murat Yagsyyew)
79'  Ahmet Atayev
85'  Ruslan Mingazov (Mihail Titov)
90'  Ylyasov Vezirgeldi

Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogini Turkmanistonga qarshi bahs bilan boshladi. Qo'shnilarimiz ko'pchilik bo'lib himoyada o'ynagani tufayli yaponiyaliklar hujum amalga oshirishda muammolarga duch kelishdi. Hujumda boshi qotgan raqibimiz himoyada beetiborlik qildi va Arslanmurat Amanovning uzoqdan zarba berishiga yo'l qo'yishdi va hisob ochildi.
SHoshib qolgan Yaponiya futbolchilari jamoaviy harakatlar bilan hisobni tenglashtira olishmadi va birinchi bo'lim qo'shnilarimizning g'alabasi bilan yakun topdi.
Jarima maydonchasiga kira olmayotgan yaponiyaliklar uzoq masofadan omadini sinashni boshladi, biroq zarbalar darvoza to'riga borib tushmadi.

56-daqiqada Yuya Osakoning individual mahorati tufayli hisob tenglashdi. Uchrashuvning burilish nuqtasi aynan shu gol bo'ldi. Yana hisobda oldinga chiqib olishni istagan Turkmaniston terma jamoasi futbolchilari himoyada xatolarga yo'l qo'ya boshlashdi va shunday xatolardan biri golga aylandi. Yaponlar qo'shnilarimizning sarosimaga tushib qolganidan foydalanib, uchinchi golni ham urishdi va irodali g'alabaga erishishdi.


Ummon - Yaponiya

Oman

Asian Cup Grp. F . 2-tur

13/01/2019, 18:30

1
:
0
Tugadi

Japan

Genki Haraguchi - 28'

Stadion: Zayed Sport City Stadium, 12110 tomoshabin

45'
90'
26'  Ahmed Al Mahajri
49'  Raed Ibrahim Saleh
67'  Salaah Al-Yahyaei (Mohammed Al Ghassani)
77'  Mohsin Al Ghassani (Khalid Al Hajri)
90'  Saad Al Mukhaini
28'  Genki Haraguchi
36'  Ritsu Doan
57'  Koya Kitagawa (Yoshinori Muto)
67'  Takumi Minamino
84'  Ritsu Doan (Junya Ito)

Kunchiqar yurt vakillari Ummon bilan bahsda kombinacion hujumga tayandi. Yaponiyaliklar raqibning qanot himoyasini diqqat bilan o'rganib, o'ziga hos yo'l tutishdi. Ular ko'proq o'ng qanotdan erlatib "prostrellar" berishdi. CHap qanot esa havodan bo'ladigan uzatmalar uchun xizmat qildi. Yaponiya terma jamoasining o'nn qanotdan amalga oshirgan hujumlari juda xavfli tus oldi. Bazida himoyachilar  va darvozabon goldan qutqarib qolgan bo'lsa, bazida omad ular tomonda bo'lmadi.
Yaponiyaliklar hisobni penalti tufayli ochishdi. Genki Xaraguchi professional aktyorlardek rol o'ynab, hakamni qoida buzilganiga ishontirdi. Xaraguchining o'zi 11 metrlik jarimani golga aylantirdi.
Bugungi raqiblarimiz Ummonga qarshi o'yinda ko'proq jarima maydonchasi ichiga kirib zarba berishga urinishdi. Bunday zarbalar qaytarilsa yapon hujumchilari ortida ikkinchi zarbani amalga oshiradiganlar turdi. Yaponiyaliklarning ushbu Osiyo Kubogidagi 4ta golining 3tasi jarima maydonchasi ichidan olingan, 1tasi esa penalti.
Ikkinchi qavatdagi kurashda kuchlar teng keldi, bu borada Yaponiya raqibidan kuchli ko'rinmadi.



Yaponiya terma jamoasining kuchli tomonlari
1. Yaponiyaliklarning ko'plab muvaffaqiyatli hujumlari qanotlardan amalga oshiriladi.
2. Raqibimiz hujumni jarima maydoni ichida yakunlashga harakat qiladi, bu gol urish imkoniyatini oshiradi.
3. Yaponiya terma jamoasi futbolchilari individual mahorati bo'yicha biznikilardan biroz ustun.

Yaponiya terma jamoasining kuchsiz tomonlari
1. Yaponiyaliklar hisobda orqada bo'lishsa, futbolchilar ko'proq jamoaviy emas, individual harakatlarga tayanishadi.
2. Raqibimiz ikkinchi qavatda biznikilardan biroz kuchsiz.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика