So’nggi yangiliklar

12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  1 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  10 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6

Yaponiya U-20 bosh murabbiyi: "Uchrashuv natijasi biz uchun qoniqarli bo'lmadi" Yangiliklar

Yaponiya U-20 bosh murabbiyi: "Uchrashuv natijasi biz uchun qoniqarli bo'lmadi"

Yaponiya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Koichi Togashi Iroq yoshlariga qarshi kechgan bahsdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yinga izoh berib o'tsangiz
- Birinchi navbatda shuni aytib o'tishim kerakki, o'yin juda qiyin bo'ldi va o'yinchilar ham ancha charchab qolishgan edi. Biz o'yinda g'alaba qozonishimizga ishonib turgan edik, lekin bunday bo'lmadi. Raqibimiz Iroq terma jamoasi yaxshi qarshilik ko'rsatdi.

- Musobaqada to'purari o'yinni zahira o'rindig'ada boshladi, bunga sabab nima va bugungi o'yin natijasidan qoniqdingizmi?
- U o'yinchi jamoamizda asosiy o'yinchi va barcha so'ngi 4ta uchrashuvda ham ishtirok etgandi va shu sabab unga dam bergan edik. O'yinga tayyorlagan rejamizga keladigan bo'lsak, biz uchrashuvni o'z nazoratimizda va katta tempda o'tkazmoqchi edik, lekin erta urilgan gol, rejalarga halal berdi. Ikkinchi savolingizga keladigan bo'lsak, ha bugungi natijadan qoniqmadim.

- So'nggi 20 daqiqada, juda ko'p xavfli vaziyatlar yaratdingiz, lekin ularni golga aylantirish bo'yicha muammolar bo'ldi. Bunga sabab nima?
- Biz 90 daqiqa o'ynashni reja qilayotgan edik va shu sabab rejalarimiz bir oz ish bermadi. Biz ikkinchi taym boshida 3ta o'zgarish qildik, chunki uslubimizni o'zgartirdik. Ikkinchi ekstra-taymlarda esa maydon o'rtasidagi o'yinchilar toliqib qolishdi va shu sabab ekstra-taymlarda kerakli natijaga erisha olmadik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика