Yaponiya terma jamoasini muxlislar qanday kutib olishganini ko'rdingizmi?
08 dek 2022 00:47
Yangiliklar
Yaponiya terma jamoasini muxlislar qanday kutib olishganini ko'rdingizmi?
JCH-2022da nimchorak final bosqichigacha etib borib, mundial bilan xayrlashgan Yaponiya terma jamoasi vataniga qaytdi.
Yaponiyalik futbolchilarni aeroportda ko'plab jurnalist va muxlislar kutib oldi. Terma jamoa vakillariga qahramonlardek izzat ko'rsatildi. Buni suratlardan ham bilib olish qiyin emas.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya terma jamoasi Qatardagi mundialda "E" guruhida Ispaniya va Germaniyani mag'lub etib, birinchi o'rinni egalladi, ammo nimchorak final bosqichida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan yaponlar musobaqani tark etishdi.
Fikrlar