So’nggi yangiliklar

22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  6 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  3 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 19:35Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичига қуръа ташланди  28 19:17Ўзбекистон кубоги финалига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум бўлди  11 18:57Жарред Брэнтуэйт - "Реал"нинг мақсади  2 18:29"Милан" ва Пулишич 2028 йилгача мўлжалланган шартнома имзолайди. Вингернинг маоши 5 млн еврогача оширилади  0 18:00"Барселона" Гринвуд номзодига қайтди  3 17:35"Бавария" "Реал" ярим ҳимоячисига қизиқиб қолди  3 17:01Бабаян терма жамоадан нега "чопгани", футболни ким сабаб тугатгани ҳақида - Санжар Турсунов  4 16:47Суперлига-2025. Энг қиммат легионерлар ТОП-10  10

Yanvarda klublarini o'zgartirishi mumkin bo'lgan o'yinchilar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Yanvarda klublarini o'zgartirishi mumkin bo'lgan o'yinchilar (mutolaa uchun)

Kelajagi noaniq bo'lgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Yangi yil kirishi bilan ananaviy tarzda qishki transfer oynasi ochiladi. Klublar 1 yanvardan yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashi mumkin bo'ladi. Bu vaziyati yaxshi bo'lmagan futbolchilar uchun uni o'zgartirishga fursat. Qishda katta bitimlar kam bo'ladi, ammo bu safar barchasini o'zgarishi mumkin. Bugun yanvarda klubini o'zgartirishi mumkin bo'lgan o'yinchilar haqida gaplashamiz.


Milan SHkrinyar

SHkrinyarning "Inter" bilan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Tomonlar oldinroq hamkorlikni uzaytirmoqchi ekanliklarini malum qilishgandi, ammo bitim haligacha imzolangani yo'q. Katta ehtimol bilan futbolchini klub taklif qilayotgan yangi bitim shartlari qoniqtirmayapti. Bundan esa PSJ foydalanib ketishi mumkin. Parijliklar anchadan beri 27 yoshli markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashmoqchi, ammo "neradzurri" o'yinchini sotishni keskin rad etdi. Bu safar esa vaziyat o'zgarishi mumkin.



Yuri Tilemans

Tilemans o'tgan yozda "Arsenal" o'yinchisiga aylanishi va hozirda "Manchester Siti" bilan chempionlikka kurashishi mumkin edi, ammo u "kanonirlar"ning istiqboliga shubha qilgan ko'rinadi. Belgiyalik shu bilan birga vaziyatning rivojlanishini kuzatish uchun "Lester" bilan shartnomasini uzaytirmadi. 25 yoshli xavbek hozirda ushbu klub bilan kelajak yo'qligiga to'liq amin bo'lgan bo'lishi mumkin. "Tulkilar" futbolchini saqlab qolishmoqchi, ammo bu amalga oshishi qiyin masala. Tilemans "Lester"ning eng muhim o'yinchilaridan biri hisoblanadi, ammo uni yarim yildan so'ng tekinga yo'qotishdan ko'ra, hozir sotgan yaxshiroq.



Yan Zommer

Zommer anchadan beri o'zini sifatli darvozabon sifatida namoyon qiladi. Uning so'nggi 8 yilda Myonxengladbaxning "Borussiya" tarkibida o'tkazib, yuqoriroq darajadagi jamoaga o'tmagani g'alati. Vaziyat yanvarda o'zgarishi mumkin. 34 yoshli shveycariyalik bilan shartnoma imzolashga APL va A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun asosiy davogarlar sifatida "Inter" va "Manchester Yunayted" tilga olinmoqda. MYU David De Xeaga o'rinbosar izlamoqda. "Neradzurri" ham darvozabonlar bilan vaziyatdan xotirjam emas, sababi Samir Xandanovich yozda faoliyatini yakunlashi mumkin, Andre Onana esa juda ham ishonchli emas. Hech bo'lmasa Zommer faoliyatining so'nggida top-klubga o'tish imkoniyati bo'lishi mumkin.



Ngolo Kante

Kante "CHelsi" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Londonliklarning xavotiri tushunarli: francuz so'nggi vaqtlarda ko'p jarohat olmoqda, yosh o'tishi bilan esa sog'ligi yaxshilanib bormaydi. Ammo, Kante nima bo'lganda ham yuqori darajali o'yinchi bo'lib qolaveradi va bunday o'yinchini tekinga qo'yib yuborish hatto "ko'klar" uchun ham oson emas. Mish-mishlarga ko'ra, 31 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolashga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Ammo, muammo shundaki, kataloniyaliklarga hozircha yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolash mumkin emas. Yanvarda vaziyatning yaxshi tomonga o'zgarishi esa aniq emas.



Memfis Depay

Hozirgi holatga ko'ra, "Barselona" o'yinchi bilan shartnoma imzolashi mumkin emas, ammo sotishi mumkin. SHu sabab Depayning Kataloniya klubidagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. "Ko'k-anorranglilar"ning hujum chizig'ida katta tanlov imkoniyati bor, shu sabab Memfis tez-tez maydonda o'ziga joy topa olmayapti. Ketish esa to'g'ri qaror bo'ladi. "Barselona" futbolchiga ishonishini takidlamoqda, ammo bunga ishonish doim ham to'g'ri emas. "Ko'k-anorranglilar" katta ehtimol bilan yanvarda yaxshi taklif olsa, Depayni sotib yuboradi.



Joau Feliks

"Atletiko" 3 il oldin o'zi uchun rekord darajadagi transferga qo'l urdi, ammo bu o'tish haligacha o'zini oqlagani yo'q. Feliks Madrid klubiga o'tganidan so'ng har mavsum katta bosimga duch kelmoqda. 23 yoshli hujumchi doim ham to'liq o'yin amaliyoti olmayapti, shu sabab ketish haqida o'ylash vaqti keldi. Mish-mishlarga ko'ra, futbolchi yanvardayoq klubini o'zgartirishi mumkin. "Matraschilar" portugaliyalikni ijaraga berishga tayyorlar. O'yinchining to'laqonli sotuvi yozda ko'rib chiqiladi. Barchasi Feliksning mavsumning ikkinchi qismini qanday o'tkazishiga bog'liq.



Markus Tyuram

"Borussiya" (Myonxengladbax)ning yana bir vakili yanvarda klubini o'zgartirishi mumkin. Tyuram Bundesligada yaxshi mavsum o'tkazmoqda, u 15ta o'yinda 10ta gol va 3ta assits qayd etdi. Futbolchining samaradorligi va shartnomasi tugayotganini hisobga olsak, uning yaqin vaqtlarda klubini o'zgartirishini taxmin qilishi mumkin. Gol uradigan forvardlar ko'p klublarga kerak. "Inter"ning 25 yoshli hujumchini yozda tekinga o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida malumot bor, ammo "Borussiya" qishda o'yinchi bilan xayrlashgani yaxshiroq. U shartnoma imzolash variantini katta ehtimol bilan ko'rib chiqmayapti.



Kristian Pulishich

Pulishichning "CHelsi"dagi vaziyati oddiy emas. U mavsumdan-mavsumga kamroq o'yin amaliyoti olmoqda. Amerikalikning London klubidan ketishi aniqroqdek taassurot qoldirmoqda. OAV xabariga ko'ra, 24 yoshli vingerga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. "Qora-oqlar" transferni yanvardayoq amalga oshirishni xohlashmoqda. Jamoalarning APL jadvalidagi o'rnini hisobga olsak, mavsumning qizg'in payti bo'lishiga qaramay, bu o'tish futbolchi uchun foydali bo'lishi mumkin. "Nyukasl" sifatli o'yinchilar uchun yanada jozibali klubga aylanmoqda, Pulishich esa ushbu toifaga kiradi.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика